|
Mos siyosatni ishlab chiqishga ko‘maklashish
|
bet | 8/10 | Sana | 23.06.2024 | Hajmi | 3,82 Mb. | | #265255 |
Bog'liq VffRoaol3QPcAjKPWQiL6w2aRUKqZcECITLO2w2XMos siyosatni ishlab chiqishga ko‘maklashish.
Inklyuziv ta’lim tizimini qo‘llab –quvvatlashda siyosat asosiy rol o‘ynaydi. Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo‘llab quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig samarasini va rivojini ta’minlaydi.
3-topshiriq:Inklyuziv ta’limning tamoyillari
4-topshiriq:Inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq muammolar
Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi?
O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim joriy etish reja qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi, 2025 yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud.
Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.
"Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam ta’minlangan oilaning farzandi kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta’mirlanmagan maktabga borishi kerak emas", – deydi O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov.
O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida ular uchun
|
| |