|
to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan
|
bet | 9/10 | Sana | 23.06.2024 | Hajmi | 3,82 Mb. | | #265255 |
Bog'liq VffRoaol3QPcAjKPWQiL6w2aRUKqZcECITLO2w2Xto‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta’lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta’lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti;
pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi. 2020 yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma-bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit, o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o‘tilishi reja qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor.
Umumta’lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o‘qituvchi alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi bor bolalar haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan kulmaslik kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal kuchsizroq ekanini tushunishmaydi. Aslida, kattalar ham shunday. Yaqinda ko‘chada ishdan bir necha ko‘zi ojizlar qaytayotgan edik. Orqamizdan kelayotgan ayollar bir-birimizni yetaklab kelayotganimizni ko‘rib, «Mast bo‘lishsa kerak», deyishdi ovoz chiqarib. Jamiyat hali nogironligi bor odamlar haqida to‘la ma’lumotga ega emas».
Shuningdek, biz jamiyatimizning ongini tubdan o‘zgartirishimiz kerak, chunki sog‘lom bolalarning ota-onalari va umumiy maktab o‘qituvchilari aksar hollarda nogironligi bo‘lgan bolalar barcha bolalar bilan birga o‘qishga rozi bo‘lmayapti.
Yana bir muhim masala bu o‘qituvchilar tayyorgarligi, mutaxassislar yetishmasligi hamda umumta’lim maktablari binolarida kerakli sharoitlar yaratilmagani bilan bog‘liq. Bu muammolar hal etilmasdan turib, nogironligi bo‘lgan bolalar sharoitsiz va salbiy munosabatli maktablarga o‘tkazilishi ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi».
2021-2022 o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning 24 foizini inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish rejalashtirilgan. 2025 yilga borib bu ko‘rsatkich 40 foizga yetishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflari ochilishi belgilangan. Bunday sinflarga diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DEGS), disleksiya va autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar qabul qilinadi.Ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etish bo‘yicha pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o‘quv rejalariga ta’lim-tarbiyaga oid maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan. Bundan tashqari, umumta’lim maktablari psixologlari tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida har qanday zo‘ravonlik, tazyiq va kamsitishlarga qarshi treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.
|
| |