|
Aqliy hujum texnologiyasidan foydalanish
|
bet | 7/10 | Sana | 23.06.2024 | Hajmi | 3,82 Mb. | | #265255 |
Bog'liq VffRoaol3QPcAjKPWQiL6w2aRUKqZcECITLO2w2XAqliy hujum texnologiyasidan foydalanish:
Nogiron va nogironligi bor shaxs iborasining farqi nimada?
Inklyuziv talim bo’lmasa, bola qanaqa bo’lardi?
Sog’lom insonlar bilan muloqot cheklanadi.
O‘qimasa oila qaramogida qoladi.
Sog’lom insonlar orasida yashashga moslashmaydi.
Ota -ona avaylaydi, shaxsiy “men”i chegaralanadi.
Ota- ona fakat shu bolani o’ylovi bilan umrini kechiradi.
Salbiy: jamiyatimiz tayyormas, mentalitetimiz insoniyligi bo’lsa ham, bolani xafa qiladigan omillar ko’p, tarbiyachilar pedagogika, psixologiyani yetarli darajada bilishmaydi, maktab jihozlari, o’quv adabiyotlari talabga javob bermaydi....
Inklyuziv ta’limda maktabga keladigan bolalarning berilgan bilimni umuman eslab qolish qobiliyati (autizm) yo‘q.
3 yashar bolaning ongi bo‘lgan 9 yoshli bolaga muomala qilinsa, sinf o’quvchilari ham u bolaga uxshab xarxasha, tartibga rioya qilmaslik kabi holatlar kuzatiladi.
Sudorgi bergan payt bu bola bilan ovora bo’lib darslar kolib ketadi.
Darsdan chiqib axlat toshib keladiganlari bor, muammo bo’lyapti.
Aytib tursa yozadi, o’qituvchi ishtirokida, o’zi mustaqil yozmaydi, 3-sinf
Qo‘llari qotib qolgan bolalar bilan qo‘l motorikalari ustida ishlagan bilan umuman ochilmaydigani bor, yozuv ishlari qolib ketadi.
2-topshiriq:Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari
Inklyuziv ta’lim - alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim olishidir.
Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.
O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan.
Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi?
O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim joriy etish reja qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi, 2025 yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud.
pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
Pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi. 2020 yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma-bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit, o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o‘tilishi reja qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor.
Bizda ham xuddi chet eldagi kabi imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumta’lim maktablarida sharoit yaratilsa, juda zo‘r bo‘ladi. Lekin bizda ba’zi muammolar bor. Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor bolalar toifasi bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy ta’limda tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q.
Bundan tashqari, o‘qituvchilarni ham ruhan tayyorlab olish kerak. Maktablarda o‘qituvchilar ko‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan. Ular o‘qituvchini tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Sog‘lom bolalar bilan bir maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider bo‘la olish ehtimoli kam, sababi ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq kuch sarflashi kerak bo‘ladi. Shu narsalarni o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul qila olishi va ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya olishi zarur. Buning uchun esa avvalo ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar umuman imkoniyati cheklangan bolaga dars o‘tmagan o‘qituvchining sinfiga shunday bolalar borsa, u dastlab bola tilini tushunmasligi, uning qiyin o‘zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatish lozim».
«Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o‘zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo‘lsa, bola battar qobig‘iga o‘ralib oladi.
Umumta’lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o‘qituvchi alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi bor bolalar haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan kulmaslik kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal kuchsizroq ekanini tushunishmaydi.
Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri hisoblanadi. Inklyuziv ta’limning asosiy qismi–bolalarga bilimi olish uchun do’stona munosabat va o’qishga imkon beruvchi muhitni yaratishdir. Maxsus ehtiyojli bolalarning hayotga ilk yoshdan ya’ni 6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha yuqori samaralarga erishish mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga mos bo‘lgan siyosatni ishlab chiqish inklyuziv ta’limni qo‘llab–quvvatlashning asosidir.
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashda quyidagi masalalarni hal etish lozim:
-Jamiyatda ijobiy munosabatni ishlab chiqish;
-Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda qadrlanmasa, bolalarda o‘ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib boradi.
-Inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish.
Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do‘stona munosabat va o‘qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo‘lishlari lozim. Bundan tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko‘ra, dars jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o‘quv qurollarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bunday o‘zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.
Ilk yoshdan aralashuv.
Qisqa qilib aytganda, bolaning hayotiga ertaroq, e’tibor berilsa, natijasi bolaning keyingi rivojlanishida samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Ijobiy namuna bo‘la oladigan insonlar obrazini yaratish.
Bolada o‘ziga ishonch va o‘zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning qiyofasi juda muhim. Lekin juda ko‘p maxsus ehtiyojli bolalar o‘sib, ulg‘ayayotgan bir paytda o‘zlariga o‘xshagan maxsus ehtiyojli katta odamlarni uchratmaydilar va katta bo‘lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli kattalar maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limida doimiy ishtirok etishlari kerak. Chunki katta yoshdagi maxsus ehtiyojli insonlar ota-onalarga farzandiga ta’lim berish muhimligini tushintirish mumkin. Buning uchun esa maxsus ehtiyojli kattalarni maktablarga taklif etish kerak. Shunda ular o‘zlarining hayotda erishgan yutuqlari haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv ta’limni targ‘ib qilishda katta imkoniyat yaratiladi.
|
| |