Operator faoliyatini tahlil qilish tamoyillari




Download 29,27 Kb.
bet6/8
Sana08.12.2023
Hajmi29,27 Kb.
#113827
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
m.p

Operator faoliyatini tahlil qilish tamoyillari
Avtomatlashtirilgan tizimlar operatorlarining faoliyatini tahlil qilish tamoyillarini ishlab chiqish, uning o‘ziga xos xususiyatalari, tuzilmasi va psixologik mazmunini tadqiqot qilish boshqaruv tizimlarini loyihalashtirish jarayonida paydo bo‘luvchi amaliy masalalar yechishda zarur bo‘ladi. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi.
1. Operator faoliyatnini optimal tashkil qilish. Bu asosiy muammo bo‘lib, uning yechimi o‘zi ichiga maydaroq masalalari oladi.
A.  Inson va mashina o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash.Zamonaviy boshqarish tizimlari inson va mashina birgalikda ish olib borishni ko‘zda tutadi va ularning funktsiyalari aniq kelishib olganlikni talab qiladi; ushbu talablarni bajarish faqatgina ularning orasida funktsiyalarni to‘g`ri taqsimlashga bog`liq.
O‘zimizda va chet el adabiyotda so‘ngi yillarda yangi kuch bilan inson va mashina imkoniyatlari, avtomatizatsiya istiqbollari, odamning o‘rniga, yoki “inson - mashina” tizimdan “siqib chiqarayotgan” mexanik va elektron modellar haqida baxslar yanada kuchaydi. Shu asnoda biologiyada sodda antropomorfizm taqdirini hamda texnikada shunga o‘xshash tasavvurlarning rivojlanish xavf-xatarligini eslatish zarur. Shak-shubhasiz mashinalarda hotira, anglash va fikrlash haqida inson tabiatida bu jarayonlar qay yo‘sinda amalga oshirishi noaniq tasavvurlarga ega odamlar gapirishadi, ular ushbu jarayonlarni o‘rganishda faqatgina dastlabki qadamlar qo‘yilgan, ushbu sohada kelajakdagi ishlar katta nazariy qiyinchiliklarga duch kelishini unutmaslik lozim. Ammo mashinaning real (yoki loyihalashtirilayotgan) imkoniyatlarini insonning ma‘lum imkoniyatlari bilan yuzaki solishtirib ko‘rsak, shuni tan olish kerakki, mashinalar soxta anglash, soxta fikrlash va b. ega. Ilmiy imkoniyatlar chegaralangan degan xulosaga hech qanday asos yo‘q. Aynan shuning uchun texnika taraqqiyoti rivojlanishga chegara qo‘yolmaymiz, shu tariqa inson faoliyatini modellashtirishga ham. Ammo paradoks jihati shundaki, psixik jarayonlar modellashtirishda muvaffaqiyatlar inson qobiliyatlarining rivojlanishidan keyin boshlanadi. Ammo frantsuzlar aytganday, - “kim birovning orqasidan borsa, har doim orqada bo‘ladi”. Agar inson harakatlarini modellashtirish ba‘zan inson va mashina o‘rtasida funktsiyalarni optimal taqsimlash masalalarini orqada qoldirmaslikda bu yerda to‘xtalsak ham bo‘lardi.
Amaliyot shuni ko‘rsatib turibdiki, ushbu masalalning yechimi ko‘pincha qiyinchiliklarga duch keladi. Shu bilan birga odatda mashina imkoniyatlari inson imkoniyatlariga ko‘ra yaxshiroq hisoblanadi. Boshqaruv tizimlarini loyihalashtirishda inson imkoniyatlarini hisoblamaslik eng ko‘p uchraydigan vaziyatlari bajarib bo‘lmaydigan harakatlar bilan emas, balki har bir harakatni (masalan, foydali signalni topish, signallarni identifikatsiya qilish, mashina taklif qilgan qarorni qabul qilish yoki baholash) operator nisbatan oson bajarishi mumkin. Asosiy qiyinchiliklar talab qilinayotgan faoliyatni operator ko‘p va uzluksiz bajarish imkoniyatini baholash paytida bo‘ladi, chunki uning ishlash ritmi majburiy tizimning vaqt paramentrlari bilan belgilanadi, operator ishiga unga xos bo‘lmagan temp zo‘rlab biriktiraladi va undan so‘ngi qaror qabul qilishda o‘ziga ishonch bo‘lishi talab qilinadi. Bunday faoliyatni talablarini bajarishni o‘rganish, uning tuzilmasini tahlil qilish ikki vazifani bajarishi mumkin: qiyinchiliklarni u yoki boshqa amaliyotning sharoitlarini o‘zgartirish yo‘li bilan bartaraf qilish va shu bilan mashina va inson o‘rtasida funktsiyalarni asosli va aniq taqsimlash uchun dastlabki shartlarni yaratadi; odam bajaradigan ba‘zi amaliyotlarini keyinchalik ularni mashinaga berish bilan algoritmlar tuzish uchun.
B. Boshqarish tizimida odamlarning o‘zaro munosabatda bo‘lish.Ushbu muammo hozircha mahalliy psixologlar e‘tiboriga tushmagan. Har bir operatorlar orasida funktsiyalarni to‘g`ri taqsimlash inson va mashina o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlashdan muhimligi kam emas.
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarda insonlar orasida munosabatlari odatga ko‘ra bilvosita bo‘lib qoladi, chunki asosan ular kodlangan xabarlar qabul qilish va yetkazish orqali amalga oshiriladi. Operatorlarning shakllanayotgan o‘zaro munosabatlar tizim maksimal samaradorligiga javob bermaydi. Ushbu masalani o‘rganish va insonlarning boshqaruvning bir bo‘g`in ichida hamda bo‘g`inlararo o‘zaro munosabatlarni ratsional tuzish dolzarb masala hisoblanadi. Operatorlar o‘zaro ta‘sir masalasi uchib yonish xavfi paydo bo‘lganda, ushbu funktsiyalar kompleksi bir necha operatorlar orasida taqsimlanishi va ular bajaryotgan harakatlar o‘zaro koordinatsiya qilishni o‘rnatitish talab qilinadi.
V. Inson o‘tkazuvchanlik qobiliyati.“O‘tkazuvchanlik qobiliyati” shartli ravishda qo‘llaniladi, chunki aloqa nazariyasida o‘xshash tushunchaga ko‘ra, ammo aslida butunlay o‘xshash emas. Bu yerda, birinchidan, ma‘lumotlarni qabul qilish hajmi va tezligi – operator sensor “kirishi” o‘tkazuvchanlik qobiliyati (aniqrog`i “kirishlar”, chunki axborot har xil modallikda stimullar shaklida uzatilishi mumkin, har sensor modalliklar uchun o‘tkazuvchanlik qobiliyati bir xil emas). Ikkinchidan, axborotni qayta ishlash va qarorlarni qabul qilish tezligi o‘rganiladi, va nihoyat, “chiqish” o‘tkazuvchanlik qobiliyati – nutq va haraqat javob reaktsiyalar tezligi.
Ushbu masalalar har biri o‘z navbatida mustaqil kichikroq murakkab muammolarni kelitirib chiqaradi, ularni hal qilish uchun operator faoliyatini ilmiy tahlilsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Masalan, sensor “kirishda” o‘tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlash har xil sensor modalliklar o‘rtasida axborotni optimal taqsimlash, foydali va ortiqcha ma‘lumotlar mumkin bo‘lgan mutanosibligini o‘rganish, shovqindan soignallarni ajratib olish usullarini topish talab qiladi. Axborotni qayta ishlash bosqichida o‘tkazuvchanlik qobiliyati muammosi samarali kodlash, aqliy amaliyotlarni algoritmizatsiya qilish va boshqa masalalar bilan chambarchas bog`liq.
1. Operator faoliyatini optimal tashqil qilish muammosi.O‘z ichiga ish aniqlik va ishonchlilik mezonlar va shartlarini o‘rnatish oladi, ular esa o‘z navbatida charchash, stress kabi (ularning paydo bo‘lish shartlari, dinamikasi, ro‘yhatdan o‘tish usullari, bajarilayotgan faoliyatga ta‘sir va boshqa) holatlarni o‘rganish zarurligi ko‘zda tutiladi.
2. Operator faoliyatini tahlil qilishga asoslangan ikkinchi katta masala bu o‘qitishning samarali va usullariningishlab chiqishdir. Faqatgina ilmiy jihatdan o‘zlashtirishni amalga oshiruvchi jarayonlar psixologik tuzilmasi haqida bilimlarda asoslangan o‘qitish usullari tez va muvaffaqiyatli maqsadga erishiga olib kelishi mumkin. Bu hol pedagogik psixologiya butun amaliyoti, jumladan ishlab chiqarishda o‘qitish psixologiyasi, bilan o‘z tasdig`ini topgan. Operator faoliyatini tahlil qilish o‘qitish jarayoninin yo‘lga qo‘yishning dastlabki sharti bo‘lib, uning natjasidan operatorning kelajakdagi ishlash sifatiga bevosita ta‘sir qiladi.
3. Operator faoliyatining to‘liq va konkret tahlilisiz saralab olish muammosini hal qilib bo‘lmaydi. Muhandislik psixologiyasining amaliy muammolarni hal qilish va zarur tavsiyalarni ishlab chiqish odatga ko‘ra “o‘rta” odamga mo‘ljallangan bo‘ladi; shu bilan uning psixik faoliyatining qonuniyatlaridan kelib chiqadi, ammo saralash insonning individual xususiyatlari asosida amalga oshirirladi. Agar muhandislik psixologiyasining muammolarini faqatgina “mashinani insonga moslashtirish” ga yoymasdan “inson – mashina” tizimida operator ishini ishonchli va samarali faoliyat olib borishni ta‘minlaydigan barcha omillarni o‘rganadigan fan sifatida ko‘rilganda, saralash muammosi eng dolzarblaridan biri bo‘ladi. Ayniqsa, operator kichkina hatosi qimmatbaho asbob-uskunalarni buzilishiga olib keladigan og`ir avariya va odamlar o‘limiga va boshqa xavfli natijalar (masalan, harbiy tizimlarda) sabab bo‘ladigan faoliyat turlarida.
Qachonki inson va mashina parametrlari “o‘rtacha qiymatlar” asosida mutanosiblik o‘tkazish amalga oshirilsa, har doim o‘rtacha ko‘rsatgichlari ushbu berilgan ommaviy diapazonlarga tushmaydigan normal, deyarli butunlay sog`lom shaxslar kontingenti mavjud bo‘ladi. Bunday odamlar operator sifatida u yoki boshqa ish joyiga qo‘yilganda tizim ishida to‘xtatib turuvchi yoki izdan chiqaruvchi omil bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan psixologik xususyaitlarga ega shaxslarni aniqlash juda murakkab masala hisoblanadi. Amaliy faoliyat davomida ishga yaramasligini aniqlagach ularni ishdan bo‘shatish iqtisodiy va amaliy jihatlardan maqsadga muvofiq emas, chunki qanchalik tizim murakkab bo‘lsa, operatorni o‘qitish shunchalik qimmat va uzoq muddatli bo‘ladi hamda ularning hato harakatlaridan kelib chiqqan natijalar xavfli bo‘ladi. Ushbu faoliyat talablariga javob beradigan psixologik xususiyatlarga (yoki ega bo‘lmagan) shaxslarni yuqori darajadagi aniqlik bilan uslublar tizimini ko‘zda tutadigan dastlabki saralash zarurligi paydo bo‘ladi. Ushbu muammo bilan shug`ullanuvchi tadqiqotchilar saralashning uslublari va tamoyillari haqida har xil fikrlar bildirishadi. Bu masala bo‘yicha ko‘p adabiyotlar mavjud, shuning uchun biz bu yerda buni ko‘rib chiqmaymiz.Faqatgina har holda faoliyatni batafsil o‘rganish – buni amalga oishrishni ta‘minlab beruvchi elementar psixik jarayonlardan ayrim amaliyotlar tuzlimasi va umuman olganda harakatlargacha – saralashning samarali usullardni yaratishga zarur dastlabki qadam hisoblanadi.
Shunday qilib, oyepartor faoliyatini tahlil qilish quyidagi vazifalar bajarilishini talab qiliadi:
-operatorlik faoliyatining tuzilmasi va psixologik mazmunini aniqlashdan iborat operator faoliyatini aaniqlash; -operatorlik faoliyat turlarini tasnifi;
-operator faoliyatini har xil turlari uchun rasmiylashtirilgan sxemadarni yaratish.

Download 29,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 29,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operator faoliyatini tahlil qilish tamoyillari

Download 29,27 Kb.