• “Inson-mashina” tizimlarining sinflari
  • Tizim xususiyatlari, mezonlarni shakllantirish




    Download 29,27 Kb.
    bet4/8
    Sana08.12.2023
    Hajmi29,27 Kb.
    #113827
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    m.p

    Tizim xususiyatlari, mezonlarni shakllantirish. Tizim xususiyati deb ushbu tizimni boshqa tizim bilan taqqoslashda ajratiladigan ko‘plab tomonlarning har biriga aytiladi.
    Tizim xususiyati bo‘lib tizimni boshqa tizimdan ajratib turadigan barcha parametrlar, harakteristikalar, omillar xizmat qiladi.
    “Inson-mashina” tizimlarining sinflari
    Muhandislik psixologiya nuqtai nazaridan mehnat faoliyati “inson – mehnat quroli – mehnat predmeti – atrof-muhit” tizimidagi o‘zgarishlar jarayoni sifatida o‘rganiladi. Demak, tadqiqotlar va tavsiyalar mehnat predmeti, atrofdagi fizik-kimyo va psixologik muhit bilan, mehnat faoliyat ma‘lum turlari asosida fiziologik va psixik jarayonlar qonuniyatlarini aniqlashga tayanishi lozim.
    So‘ngi yillarda mehnat faoliyatini insonning mashina va boshqa murakkab bilan bo‘lgan boshqarish tizimlari bilan ishlash jarayoni sifatida o‘rganish bilan bog`liq yangi g`oyalar paydo bo‘ldi. Ushbu g`oyalarning ba‘zilari sifat tasavvurlaridan tuzilmaviy-sonli tasavvurlarga o‘tish hamda faoliyat nazariyasini ishlab chiqish nuqtai nazardan samarali bo‘lishdi. Mehnat faoliyatning psixofiziologik mazmuni tushuninsh uchun mehnat fiziologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar katta hissa qo‘shishdi.
    Faoliyat – bu insonning shaxsiy fazilatlarning amalga oshirishi. Ushbu fazilatlar shaxs nazariyalarida ko‘riladigan ma‘lum tuzilmasiga ega. Atrof-muhit va faoliyatning o‘zi odam holatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Davomiylik jarayoni nafaqat ichki omillar bilan balki tashqilar, ularga o‘zaro ta‘sir doirasida bo‘lgan sub‘yekt (yoki kollektiv) va mehnat predmetining o‘ziga bog`liq. O‘zaro ta‘sir etuvchi komponent sifatida mehrat vositasi bo‘lishi mumkin, agarda u avtamtik uskunalar sinfiga tegishli bo‘lsa.
    Mehnat faoliyatini ko‘proq rasmiy shaklda axborot va energiyani o‘zgarishni amalga oshiriuvchi dinamik tuzilma sifatida tasavvur qilish mumkin.
    Ishlayotgan odam mehnat maqsadga, ya‘ni mehnat predmetini mehnat, axborot va energetik ta‘sirlar orqali birlamchi holatdan shunday holatning sub‘yektiv modeliga kelitirishdir. Ushbu ta‘sirlarni inson bevosita mehnat predmetiga yoki bilvosita oraliq uskuna, ya‘ni mehnat quroli orqali amalga oshirish. Shu bilan birga Inson axborotni mehnat predmeti, oraliq uskuna va muhitdan kelgan signallar orqali qabul qiladi. Insonda mehnat maqsadi motivlar, ehtiyojlar, berilayotgan yo‘riqnomalar (ichki ham tashqi).
    Qabul qilinadigan va xotiradan olinadigan axborot odam tomonidan quyidagi ma‘lumotlarni qayta ishlash turlari bo‘yicha amalga oshiriladi: to‘g`ri tutashuv (to‘g`ri, belgilangan assotsiativ aloqa, avtomatlashtirilgan harakat), reproduktiv fikrlash (ma‘lum qoidalar bo‘yicha axborotni bosqichma-bosqich o‘zgarishi orqali qaror qabul qilish), produktiv (ijodiy) fikrlash. Ushbu o‘zgarishlar yordamida taxmin qilinadigan mehnat ta‘sirining natijasi va unga eirishi uchun dastur (reja, strategiya).
    Anglash, fikrlash, xotirda ma‘lumotlarni (engrammalarni) namoyish qilish jarayonlarining o‘tishiga katta darajada faollashtiruvchi ta‘sirlar sergaklik darajasi, iroda va xissiyotlar keskinligi, e‘tibor funktsiyasiga bog`langandir. Mehnat predmediga mehnat ta‘siri mazmuni bo‘lgan axborot va energetik o‘zgarishlar asosida fizik-mantiqiy jarayonlar yotibdi. Umuman olganda ko‘rib chiqilgan funktsional tuzilma “inson – mehnat quroli - muhit” tizimidir.
    Mehnat predmeti nafaqat tashqi dunyo ob‘yekti bo‘lishi mumkin. Inson mehnat ta‘siriga ega axborot o‘zgarishlarini amalga oshirib, butunlay sub‘yektiv tasvir sohasida “ma‘naviy mahsulot” yaratadi. Tashqi dunyo ob‘yektlariga yo‘naltirilgan faoliyat predmetli, yoki eksteriozlangan deb ataladi, o‘z engrammalar (ya‘ni tasavvurlar, timsollar, tushunchalar, rejalar) shakllantirish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgani esa - interiozlangan deb hisoblanadi. Asl ko‘rinishda faoliyatning ushbu turlari deyarli ko‘rinmaydi. Gap faqat biror birining ustuvor ko‘rinishi hqaida bo‘lishi mumkin.
    Odamning mehnat quroli bilan oraliq uskuna orqali munosabatlar o‘ziga xosligi asosan axborot va energiya o‘zgartirish qaysi funktsiyalarini ushbu uskunaga berishi bilan aniqlanadi. “Inson – mehnat quroli - muhit” tizimining ikki xil turga ajratiladi: oraliq uskunalari mehnat oddiy qurollari va mashinalar bo‘lganlar.
    Mehnat oddiy qurollari bilan ish jarayonida mehnat predmetiga ta‘sirni boshqarish uchun zarur bo‘lgan butun axborot oqimini inson o‘zgartirib, ta‘sir qilish jarayonini nazorat qiladi va amalga oshiradi. Bizni qiziqtirayotgan masalada mashina nafaqat energiya o‘zgartiruvchisi, ya‘ni u qisman odam ishtirokisiz buyruq signallarini shakllantirib, ta‘sirni tartibga soladigan axborot o‘zgartiruvchisi sifatida ko‘riladi. Natijada insonning mashina bilan ishlashning printsipial xususiyati - odam tomonidan mehnat predmetiga ta‘sir jarayonini to‘liq nazorat qilolmaslikda.
    Birinchi turdagi tizimlarni “inson - instrument” tizimlari deb atasa bo‘ladi hamda mehnat quroli inson qaysi funktsiyasini amalga oshirishiga ko‘ra to‘rt sinfga bo‘linadi. Ushbu sinflarni ko‘rib chiqamiz:
    I sinf. Samarali qurollar (instrumentlar) bilan.
    Ushbu sinfning psixofiziologik o‘ziga xosligi uning mehnat predmetiga ta‘sir etish xususiyati inson tabiiy harakat reaktsiyalariga qaraganda o‘zgarishidadir.
    II sinf. Afferent qurollar bilan.
    Bunday qurollar yordamida mehnat tabiiy timsoli o‘zgartirilgan timsoliga aylanadi, uni predmetning eng oddiy axborot modeli sifatida ko‘irishimiz mumkin. Ushbu modelь ob‘yektga nisbatan gomoforfdir. Sun’iy kod bu yerda mavjud emas, faqatgina masshtab, rakurs o‘zgarishi, ayrim xususiyatlar paydo bo‘lishi (masalan, mikroskop) yoki yo‘qolishidir. Natijada inson o‘rgatish jarayonida maxsus (hayotiy tajribadan farqli) engrammalar to‘plami – anglash uchun etalonlar.

    Download 29,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 29,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizim xususiyatlari, mezonlarni shakllantirish

    Download 29,27 Kb.