|
Mavzu: "Inson-mashina" tizimini tahlil qilish va loyihalashning asosiy tushunchalari. Reja: «Inson mashina»
|
bet | 1/8 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 29,27 Kb. | | #113827 |
Bog'liq m.p
Mavzu: "Inson-mashina" tizimini tahlil qilish va loyihalashning asosiy tushunchalari.
Reja:
1.«Inson mashina» tizimini loyihalash va ishlatishning Muhandislik-psixoloigk asoslari.
2.Axborotni aks etirish vositalarni loyihalash.
3.Ma‘lumotni aks etirish vositalari va kurish indikatsiyalarining ayrim turlariga
4.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Mavzu: "Inson-mashina" tizimini tahlil qilish va loyihalashning asosiy tushunchalari.
Tizimning umumiy nazariyasida tizim deb yagona vazifani yechish uchun mo‘ljallangan elementlar o‘rtasida o‘zaro bog`liq bo‘lgan va o‘zaro ishlaydigan kompleks tushuniladi. Tizimlar turli belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Ulardan biri bo‘lib insonning tizm ishida ishtirok etish darajasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazarda tizimlar avtomatik, avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan tizimlarga ajratiladi.
Avtomatik tizim insonning ishtirokisiz ishlar amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilmagan tizimda texnik qurilmalardan foydalanmagan holda inson tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilgan tizim ishida inson hamda texnik qurilmalardan foydalaniladi. Natijada, bunday tizim «inson-mashina» tizimi deb ataladi.
Amaliyotda «inson-mashina» tizimining har xil turlari qo‘llaniladi. Tasnifining asosi bo‘lib tizimning maqsadli mo‘ljallanishi, inson bo‘g`inining tasnifi, mashina bo‘g`inining tipi va tuzilmasi, tizim komponentlarining o‘zaro ishlash tipi kabi belgilar guruhi hisoblanadi.
Tizimning maqsadli mo‘ljallanishi ularning ko‘pgina tasnifiga ta‘sir etadi va shuning uchun dastlabki belgisi bo‘lib hisoblanadi. Maqsadli mo‘ljallanishi bo‘yicha tizimning quyidagi klasslariga ajratish mumkin:
a) insonning asosiy vazifasi bo‘lib mashinani (yoki kompleksni) boshqarish hisoblanadigan boshqaruv tizimi;
b) inson mashina tizimining holatini nazorat qiladigan, nosozliklarni izlaydigan, sozlaydigan, rostlaydigan, ta‘mirlaydigan va hokazolarni bajaradigan xizmat ko‘rsatish tizimi;
v) o‘qituvchi, ya‘ni insonda muayyan ko‘nikmalarni ishlab chiquvchi tizimi (o‘qitishning texnik vositalari, trenajerlar va h.);
g) inson uchun zarur bo‘lgan axborotni (radiolokatsion, televizion, hujjatli tiximlar, radio va simli aloqa tizimlari va h.) izlash, to‘plash yoki olishni ta‘minlaydigan axborot tizimi;
d) u yoki boshqa hodisalarni tahlil qilishda, yangi axborotni, yangi topshiriqlarni izlashda foydalaniladigan tadqiqot tizimi (modellashtiruvchi qurilmalar, maketlar, ilmiy-tadqiqot asboblari va qurilmalar).
Boshqaruv va xizmat ko‘rsatish tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, tizimlarga maqsadga yo‘naltirilgan ta‘sirning ob‘yekti bo‘lib tizimning mashina komponenti hisoblanadi. O‘qituvchi va axborot «inson-mashina» tizimida ta‘sir etish yo‘nalishi insonga qarama-qarshi ta‘sir etadi. Tadqiqot tizimlarda ta‘sir u yoki boshqa yo‘nalganlikka ega bo‘ladi.
«Inson bo‘g`ini» harakteristikalarining belgisi bo‘yicha «inson-mashina» tizimining ikkita: a) tarkibiga bitta inson va bir yoki bir nechta texnik qurilmalar kiradigan monotizimlar; b) tarkibiga ayrim kishilar jamoasi va ular bilan bitta yoki kompleks o‘zaro ishlaydigan texnik qurilmalar kiradigan politizimlar klassiga ajratish mumkin.
Politizimlarni o‘z navbatida «paritetli» va iyerarxik (ko‘p darajali)ga ajratish mumkin. Birinchi navbatda, kishilarning mashina komponentlari bilan o‘zaro ishlash jarayonida jamoaning ayrim a‘zolarining har qanday bo‘ysunganligi va ustuvorligi o‘rnatilmaydi. Bunday politizimlarga misol bo‘lib «kishilar jamoasi – hayot ta‘minlash qurilmalari» tizimi (masalan, bir xil vazifani bajaradigan jamoa tizimi) xizmat qilishi mumkin. Boshqacha aytganda, operatorlar jamoasi foydalanish uchun mo‘ljallangan katta ekranda axborotni aks ettirish tizimi bo‘lishi mumkin.
«Inson-mashina» tizimining muhim tipi bo‘lib texnologik bog`langanlikning ayrim majmuidan kishilarning foydalanishidan tashqari, muayyan mahsulotlar (energetik qurilmalar, prokatli stan, avtomatik uzluksiz liniya, hisoblash kompleks iva h.)ni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan apparatlar, qurilmalar va mashinalarning funktsional vazifasiga ko‘ra turlicha bo‘lgan murakkab inson-mashina tizimlar hisoblanadi. Ushbu tizimlarda, qoidaga ko‘ra, texnologik jarayonning bog`liqligi avtomatik boshqaruvning lokal tizimlari bilan ta‘minlanadi. Inson vazifasiga texnologik jarayonning borishi bo‘yicha umumiy nazorat, ish rejimining o‘zgarishi, alohida jarayonlarni optimallashtirish, sozlash, ishga tushirish va to‘xtatish kiradi.
|
| |