|
“Inson-mashina” tizimini loyihalash
|
bet | 2/8 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 29,27 Kb. | | #113827 |
Bog'liq m.p “Inson-mashina” tizimini loyihalash
Texnik tizimlarning marakkabliligi bo‘yicha turlicha rivojlanish davrida loyihalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qiligga turlicha yondashuvlar qayd etilgan. Oddiy texnik tizimlarni yaratishning birinchi bosqichlarida insonning alohida xususiyatlarini hisobga olgan an’anaviy texnik yondashuv, xususan, antropometrik va biomexanik harakteristikalar yuzaga kelgan. Bu alohida texnik qurilmalarni ishlab chiqishning birinchi davri bo‘lgan. Keyingi bosqich bu tizimli texnik loyihalash davri bo‘lib alohida qurilmalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda butun tizimga birikishi bilan harakterlanadi. Ushbu yondashuv bo‘yicha inson texnik tizimning ishlashiga ta‘sir etadaigan tashqi omillardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi, loyihalash jarayonining o‘zi esa inson va mashina aloqasining elementlarini loyihalashdan iborat bo‘ladi. Axborotning aks etish vositalari va insonning psixofiziologik imkoniyatlariga mso kelishi kerak bo‘lgan boshqaruv organlari ishlab chiqilgan. Shuning uchun pisxologiya nuqtai nazarida ushbu yondashuv texnik yondashuvdan ahamiyatli darajada farq qilmaydi, fan va texnika rivojlanishi bilan inson omilining ishlab chiqarishdagi ahamiyati oshib boradi. Texnik qurilmalarning ishlashi va ular bilan bog`liq bo‘lgan inson faoliyati o‘zaro bog`liqligi bilan ko‘rib chiqilgan, bu “inson-mashina” tizimining tushunchasi paydo bo‘lishiga olib keldi. Tizimli yondashuv o‘rniga insonni tizimning muhim komponenti safatida ko‘rib chiqiladigan kompleksli yondashuv yuzaga keldi. Kompleksli yondashuvda tizimni loyihalash uchta:
tizimning texnik qismini texnik loyihalash;
tizimning estetik ko‘rinishini badiiy loyihlash;
muhandislik-psixologik loyihalash (MPL) asosiy qismdan iborat bo‘ladi, bu insonning inson faoliyatining loyihasini yaratish va uni tizimning texnik qismi bilan kelishilganligi kabi tizimga ulanishi bilan bog`liq bo‘ladi.
“Inson-mashina” tizimining umumiy loyihasidagi inson-operator faoliyatini loyihalash ahamiyati va o‘rniga muvofiq muhandislik-psixologik loyihalashning ikki ta yondashuvi mavjud bo‘ladi, ushbu yondashuv shartli ravishda teng komponentli va antropotsentrik deb ataladi.
U o‘z ichiga ushbu ishlarni bajarish mumkin bo‘lgan zarur ma‘lumotnoma-metodik materiallarni ishlab chiqishni, shuningdek IMTni loyihalashda, ishlab chiqishda va faydalanishda inson omilini hisobga olish darajasi va to‘liqligini tartibga soladigan (xususan tasdiqlaydigan) normativ hujjatlarni ishlab chiqishni oladi.
|
| |