Mavzu: "Inson-mashina" tizimini tahlil qilish va loyihalashning asosiy tushunchalari. Reja: «Inson mashina»




Download 29,27 Kb.
bet5/8
Sana08.12.2023
Hajmi29,27 Kb.
#113827
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
m.p

III sinf. Hotira vositalari (masalan, chizma, fotografiya, yozuv).
U holda sun’iy kod ishlatiladi. Kodni almashtirish o‘ziga xos psixik jarayon bo‘lib, inson faoliyatining muhim komponenti hisobalanadi.
V sinf. Axborotni o‘zgartirish vositalari (hisoblar, logarifmik lineyka) bilan.
Ushbu qurollar ishlatish natijasida qarorlarni qabul qilish psixologik tuzilmasida o‘zgarish ro‘y beradi. Produktiv fikrlash bir qator amaliyotlarini inson to‘g`ri tutashuv oddiy amaliyotlariga aylantirishi mumkin, shu bilan o‘z miyasini ijodiy fikrlash uchun vaqt ajratib beradi.
Tizimlar ikkinchi turi yoki “inson - mashina” tizimlar uch sinfga bo‘linadi:
- Elementar chiziqli dastur (odma tomonidan to‘g`ri tutashuv reaktsiyalarning bir qismini uzatish bilan) bo‘yicha axborot o‘zgarishi sodir bo‘layotgan oddiy mashina. Mehnat predmetidan qaytayotgan axborot odamga deyarli butun bo‘lib keladi va insonning o‘zi mashina dasturiga korrektivalar kiritadi.
-Reproduktiv o‘zgartiruvchi mashina (oddiy EHM) bilan. Ushbu sinfning o‘ziga xosligi insonning deyarli butunlay mehnat predmeti va uning o‘zgarishidan begonalanishidadir. Agar insonga ish jarayoniga kirish kerak bo‘lsa, u holda u sun’iy kod bo‘yicha mehnat predmetining holatini hamda mashina boshqarayotgan jarayonlarini qayta tiklash kerak bo‘ladi.
-Produktiv-o‘zgartiruvchi mashina (o‘z ishini o‘zi tashkil qiluvchi kibernetik uskunalar). Bunday mashinalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish nisbatan yopiq bo‘lgan axborot tizimlari orasida ma‘lumotlar almashuv xususiyatlariga ega.
Mashina yordamida faoliyat yurituvchi odamni operator deb ataymiz. Shu asnoda faoliyatning aynan shu turi tadqiqot predmeti bo‘lganligi uchun uni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Texnikaning rivojlanishi bilan insonning ishlab chiqarish jarayoninda o‘rni oshib boradi, xususiy amaliyotlar bajarishdan ozod bo‘lib, inson katta hajmdagi axborot va energiya oqimlari, texnologik jarayonlar murakkab tizimlarini nazorat qilib, tartibga soladi, uning mas’usilyat darajasi hamda uchraydigan hatolar uchun mas’uliyat ortib boradi.
Texnik uskunalar va ulardan mehnat jarayonida foydalanayotgan inson faoliyati o‘zaro bog`liqligida ko‘rishimiz kerak. Bunday yondashuv “inson – mashina timzimlari” tushunchasi (IMT) paydo bo‘lishiga olib keldi.
ITM da inson va mashina o‘zaro bog`liqligining tashkil bo‘lishida asosiy rolni insonning anatomik yoki fiziologik, balki psixologik xususiyatlari o‘ynaydi: anglash, hotira, fikrlash, e‘tibor va boshqalar.
“Inson – mashina - muhit” tizimida inson boshqaruvda markaziy bo‘g`in bo‘lib, uning faoliyati to‘rt asosiy bosqichlar ketma-ketligida namoyish qilinishi mumkin: axborot qabul qilish, ma‘lumotlarni qayta ishlash va baholash, qaror qabul qilish va qabul qilingan qarorni amalga oshirish. Birinchi ikki bosqichni ba‘zan axborotni qabul qilish va o‘zgartirish deyiladi, so‘ngi ikki bosqichni esa – xizmat ko‘rsatish (amalga oshirish) deb ataladi.
“Inson – mashina - muhit” tizimining asosiy xususiyatlaridan biri insonning uning texnik komponentlari bilan o‘zaro ta‘sir xususiyatlaridir. Tizimning har xil boshqaruv funktsiyalari ba‘zi hollarda inson samarali amalga oshira oladi, boshqa vaziyatlarda – texnik uskunalar. Inson va mashina funktsional imkonityalari, ustunliklari va kamchiliklari haqida to‘la tasavvur “Inson – mashina - muhit” tizimini loyihalashtirishda zarur, xususan tizimni boshqarish bo‘yicha funktsiyalarni taqsimlash masalasi yechishda ayni mudao bo‘ladi.
Bundan tashqari inson xususiyatlaridan ko‘p hollarda uning mashina bilan o‘zaro axborot ta‘sir qilishga bog`liq. ITM da insonning bunday xususyaitlarini o‘rganish zarurati muhandislik psixologiya paydo bo‘lishiga olib keldi.

Download 29,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 29,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: "Inson-mashina" tizimini tahlil qilish va loyihalashning asosiy tushunchalari. Reja: «Inson mashina»

Download 29,27 Kb.