ITM da operator faoliyatini tuzilmaviy-psixologik tahlili




Download 29,27 Kb.
bet7/8
Sana08.12.2023
Hajmi29,27 Kb.
#113827
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
m.p

ITM da operator faoliyatini tuzilmaviy-psixologik tahlili.
V.F. Venda tomonidan ishlab chiqilgan operatorlik faoliyatining tuzilmaviy-psixologik kontseptsiyasi asosida “murakkablikning psixologik omillari” tushunchasi yotibdi. Kontseptsiya faoliyatning omillarini aniqlash va har bir konkret vaziyat uchun operator-odamning kasbiy vazifalarni bajarishni belgilab beruvchi psixologik omillarni aniqlash ko‘zda tutadi. Ko‘rinib turibdiki, faoliyatga ta‘sir etuvchi psixologik omillar soni cheksizdir.Ulardan tajriba yo‘li bilan faoliyat samaradorligi va ishonchliliga bevosita ta‘sir etuvchilar saralab olinadi. Ushbu omillar psixologik murakkablik omillari sifatida aniqlanib, faoliyatning pisxik keskinlik, samaradorlik va ishonchlilik ko‘rsatgichlari hisobalanadi.
Murakkablikning psixologik omillari – umulashtirilgan xususiyatlar. Ular to‘g`ri va xolis ta‘riflanishi va faoliyatning psixologik tuzilmasini aks ettirishi kerak. Murakkablik psixologik omillari operator faoliyatining murakkablik psixologik mezonlariyuyelgilab beradi.
Faoliyatning psixologik tizimi. V.D. Shadrikovning faoliyat psixologik tizimi kontseptsiyasida faoliyatning psixologik tizimi tushunchasi yotibdi. Faoliyatning psixologik tizimi (FPT) – bu konkret faoliyat funktsiyalarini bajarish uchun bir biriga bog`langan faoliyat sub‘yektining psixik xususiyatlar yig`indisi.Faoliyat tizimi inson kasb faoliyatnining maqsadlariga erishishni ta‘minlaydi.
FPT funktsional bloklarni o‘z ichiga olgan: motivlar, dasturlar, axborot asosi, qarorlarni qabul qilish,kasb xususiyatlar kichik tizimlari. Funktsional bloklar tuzilmalari kasb faoliyatining asosiy komponentlari hisoblanadi.
Bir tomondan FPT konkret kasb faoliyati uchun o‘zgaruvchan, rivolanayotgan va o‘ziga xosdir. Boshqa tomondan uning bloklar tuzilmasi faoliyat yuritilganda o‘zgarmaydi, ammo uning ayrim komponentlari nisbiy funktsional mustaqillikka egadir.
Motivlar foaliyatga bo‘lgan ichki istaklarni beliglab beradi. Har qanday faoliyat maqsadga ega. Maqsad – bu insonning faoliyat davomida bir yakunga initilish. Maqsad parametrlari faoliyat natijalari javob beradigan talablarga muvofiq belgilanadi. Natija – bu faoliyat yakunida inson oladigan narsa. Natija parametrlari maqsad bilan natijaning taqqoslaydigan xususiyatlarni tasvirlaydi.
Faoliyat parametrlari faoliyatning jarayon sifatida har xil xususiyatlaridir. Faoliyat samaradorlik xususiyatiga ega. Samaradorlik xususiyatlari – bu faoliyat samaradorlikni baholovchi ko‘rsatgichlar. Ularga ishlab chiqarish samaradorligi, yoki vaqt birligida mahsulot hajmi,sifat yoki mahsulotlarning sifat talablariga javob berishi, ishonchlilik yoki o‘z vazifalarni belgilangan muddatda va sifat bilan barajarish qobiliyati.
Faoliyat har xil usullarda amalga oshirilishi mumkin. Faoliyat usuli inson tomonidan maqsadga erishishi konkret yo‘lidir. Me‘yoriy jihatdan ma‘qullangan faoliyat olib borish usuli – bu kasb harakatlarning umulashtirilgan va belgilab qo‘yilgan tizimi bo‘lib, oldin ishlab ketgan xodimlarning kasbiy tajribasi bilan aniqlanadi. Faoliyatni individual olib borish usuli – mehnat sub‘yektining individual xususiyatlari, faoliyat ob‘yektiv va sub‘yektiv sharoitlari balna belgilanadi. Faoliyat olib borish usuli odamning ishlab chiqarish vazifalarini bajarish lagoritmidir. Faoliyatni individual olib borish usuli faoliyat jarayonida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Individual usul sub‘yektning mehnat sharoitlar va talablarga moslashishi vositasidir.
Faoliyatning psixologik tizimi kasbiy tajriba orttirish jarayonida shakllanadi. Sistemogenez – faoliyat tizimining shakllanish jarayoni bo‘lib, bir necha bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda me‘yoriy maqullangan harakat usulini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi, kasbiy tizim asosiy komponentlari va faoliyat tuzilmasi haqida tushuncha hosil bo‘ladi. Ushbu bosqich kognitiv deb ataladi va o‘qitish hiosblanadi. Unga aloqalar bo‘shligi xos bo‘lib, ammo kelajakdagi kasb faoliyatining asos bo‘ladi. Keyingi bosqich – predmet faoliyatining bosqichi. Bu yerda maqsadlar aniqlanadi, dastur batafsil ko‘rib chiqiladi, kasb faoliyatining axborot negizi ochiladi, qabul qilish protseduralari ishlab chiqiladi.

Download 29,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 29,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ITM da operator faoliyatini tuzilmaviy-psixologik tahlili

Download 29,27 Kb.