|
Mavzu: Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
|
bet | 4/11 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 33,69 Kb. | | #257585 |
Bog'liq Mavzu iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shInduktsiya – alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya’ni qonunlar yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalarni aks ettiradigan) o`tish usulidir.
Deduktsiya – fikrlarni umumiylikdan hususiylikka tadbiq etish usulidir. Bunda, umumiy tasnifdagi qonunlar, bog`likliklar hususiy tasnifga o`tkaziladi.
Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalarni ham hususiy, ham umumiy jihatlari o`rganilib, tegishli xulosalar olinib, amaliyotga tadbiq etiladi.
Yuqorida ko`rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari (dialektika, analiz, sintez, induktsiya va deduktsiya) iqtisodiy-tahlil fanida ham iqtisodiy voqea va jarayonlarning o`rganishni asosini tashqil etadi.
Iqtisodiy tahlil aytib o`tilgan umumiy usullar va xususiy jihatlar bilan birgalikda alohida fan sifatida yuzaga chiqib, korxonalarni tadqiq qilish tizilmasiga ega bo`ladi.
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexanizmining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning sub’ektlari bo`lgan korxona va tashqilotlar, alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi sub’ektlar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida uni to`g`ri boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa albatta sodir bo`layotgan xo`jalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o`rganishni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. SHu jihatdan korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bo`lgan iqtisodiy tahlil o`ta ahamiyatli hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti davrida mulkchilik va xo`jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar korxonalar ishlab chiqarishni samarali tashqil etish eng avvalo tizilmada boshqaruv rolini oshirishdan boshlanadi. Chunki, boshqaruv vositasida korxona o`z oldidagi vazifalarni hal qiladi va qo`yilgan maqsadga erisha boradi.
Korxonada boshqaruv tizilmasi o`z ob’ekt va sub’ektidan iborat bo`ladi.
Boshqaruv ob’ekti – bu ishlab chiqarish, sub’ekti esa boshqaruv tarkibidir.
Korxona faoliyatini yoki ishlab chiqarishni boshqarishda ob’ekt va sub’ekt boshqariladigan va boshqaruvchi kichik tizilmani tashqil etadi.
Ularni har biri o`ziga yuklatilgan funktsiyalarni bajaradi. Ammo, mazkur kichik tizilmalar bir-birlari bilan uzluksiz va chambarchas aloqada bo`lib ayni holatda yagona tizilmani tashkil qiladi.
|
| |