|
Qoplovchi tog‘ jinslari surilmalari
|
bet | 4/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 209,22 Kb. | | #246234 |
Bog'liq Karyer bortlarida deformatsiyon jarayonlarni tahlil qilish.Qoplovchi tog‘ jinslari surilmalari – surilma tanasi qoplovchi jinslardan shakllanadi va siljish yuzalari tub tog‘ jinslari ustida yuzaga keladi. Ochik kon ishlari sharoitida qoplovchi tog‘ jinslari surilmalarining ikki turi uchraydi:
Qoplovchi tog‘ jinslari bilan qoplangan tabiiy yonbag‘irliklar karyer orqali ochilgandagi surilishlar. Tabiiy sharoitlarda bunday turdagi surilmalar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi: qoplovchi qatlamlar tub jinslar qiya yuzalarida joylashadi; qoplovchi qatlamlar qalinligi ahamiyatli kattalik (o‘nlab metr) ga etishi va tub jinslar relefi yuzasida aks etishi mumkin; qoplovchi qatlamlar buzilmagan tuzulishga ega bo‘lgan va o‘zining shakllanish joyida yotadi; qoplovchi qatlamlar va ostida yotgan tub jinslaridagi er osti suvlari tabiiy buzilmagan barqaror rejimga ega bo‘ladi.
Bunday sharoitlarda tashqi ta’sir kuchlari mavjud bo‘lganda qoplovchi qatlamlar turg‘un bo‘ladi. YOnbag‘irliklarning turg‘unligi uni karyer yordamida ochish, yonbag‘irliklarga qo‘shimcha kuchlanishlar berish va portlatish ta’sirida seysmik kuchlanish berish, shuningdek er osti suvlarining tabiiy rejimi buzilishi natijasida kamayadi (11.4-rasm).
11.4-rasm. Kon lahimi bilan ochilganda qoplovchi qatlamlarning surilishi:
1 – qiyalikning surilishdan so‘ngi holati; 2 – qiyalikning surilishgacha bo‘lgan chegarasi; 3 – qoplovchi suglinkalar; 4 – tub tog‘ jinslari.
Karyer borti va qiyaliklardagi qoplovchi qatlamlarning ikkilamchi surilishi. Bu surilishlar karyer qiyaliklaridagi jinslarning to‘kilish jarayonida yuzaga keladi (11.5-rasm).
Bunday qoplovchi qatlamlar chegaraviy tengsizlik holatidagi qiyaliklarda joylashgan bo‘ladi va tarkibining buzulishi bilan tavsiflanadi. Bu vaziyatlarda surilishlar sodir bo‘lishiga qoplovchi qatlamlar massivining namlanishi, portlatishning seysmik ta’siri va drenajlash yo‘llarining to‘silishi natijasida karyer borti tub jinslariga er osti suvlarining tiralishi asosiy sabab bo‘lishi mumkin.
11.5-rasm. Karyerning ish olib borilmaydigan bortidagi to‘kilma surilishi:
1 – qiyalikning surilishdan so‘ngi holati; 2 – surilish shakllangunga qadar surilmaning yuzasi; 3 – tub tog‘ jinslarining surilish shakllangandan keyingi holati;
4 – tub tog‘ jinslarining surilish shakllangunga qadar bo‘lgan holati.
|
| |