• T o‘ kil ish deformatsiyasi
  • Kontrofors to‘kilmalar
  • Mavzu: Karyer bortlarida deformatsiyon jarayonlarni tahlil qilish. Reja




    Download 209,22 Kb.
    bet1/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi209,22 Kb.
    #246234
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Karyer bortlarida deformatsiyon jarayonlarni tahlil qilish.


    Mavzu: Karyer bortlarida deformatsiyon jarayonlarni tahlil qilish.
    Reja:

    1. To‘kilma va o‘pirilish deformatsiyalarning turlari va ularning sodir bo‘lish sabablari.

    2. Pog‘onalar va karyer bortlarida surilish deformatsiyalari.

    3. Davriy, qoplamali va bog‘lanishli surilmalarning sodir bo‘lishi.

    4. Qatlamli tog‘ jinslari massivi ustki va yon tomonida chuqur surilmalar.

    Tog‘ jinslari massivi deformatsiyasi murakkab injener-geologik jarayon bo‘lib, tabiiy va texnogen omillar ta’siri ostida kon lahimlari chegaralari formasining o‘zgarishiga olib keladi. Deformatsiyaning intensivligi va ko‘rinishi tog‘ jinslari massivining geologik va gidrogeologik tuzilishi, shuningdek, unga texnogen ko‘rinishdagi ta’sir turiga bog‘liqdir.


    Karyerborti va pogonalardagitog‘ jinsi massivlarining quyidagi asosiy deformatsiyalanish ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin.

    1. To‘kilish deformatsiyasi– bu maydalangan tog‘ jinslari bo‘lak-larining qiyaliklar va qiyalik asoslarida to‘planishidir. Bu ko‘rinishdagi karyer borti deformatsiyasi juda keng tarqalgan va barcha turdagi tog‘ jinslari (qoyali, bog‘lanmagan alohida donador va yumshoq bog‘langan) uchun xarakterlidir. SHamol ta’sirida nuragan tog‘ jinslari siniq bo‘laklari to‘kilmalarga joylashadi. Maydalangan tog‘ jinslari bo‘laklari o‘lchamlari va ko‘rinishi turli xil bo‘lishi mumkin va ular tog‘ jinsi turiga, tarkibiga, namlik va darzlikka bog‘liq bo‘ladi.

    To‘kilmalar yotish shakliga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

    1. Kontrofors to‘kilmalar – bunday to‘kilmalar tayangan qismga ega bo‘lgan pog‘onaning gorizontal yuzasida va yuqori turg‘unlik darajasiga ega bo‘lgan qiyaliklar asosida hosil bo‘ladi.

    2. Osilib turuvchi to‘kilmalar – karyerning botiq kesim (profil)dagi maydon hududidagi bort qiyaliklarida vujudga keladi. Ularning asos maydoni qiya bo‘lganligi sababli tog‘ jinslari turg‘unligi ancha kichik bo‘ladi.

    Tog‘ jinslarida ilashish mavjud bo‘lganda ( , ) to‘kilmalarning xususiy turg‘unligi ichki ishkalanish kuchi orqali aniqlanadi.
    To‘kilmalarning yuzasi yassi bo‘lib, qiyalikning o‘zgarmas burchagiga ega va ichki ishqalanish burchagiga teng deb qabul qilingan. Bu holda to‘kilma chegara barqarorligi sharoitida uchraydi va barqarorlik darajasi zahira koeffitsienti orqali aniqlanadi.

    bu erda: - to‘kilmaning qiyalik burchagi, - to‘kilma siniq bo‘laklarining ichki ishqalanish burchagi.
    Pog‘onaning yuqori brovkasi emirilishi va qiyalik yuqorisidagi tog‘ jinslarining to‘kilishidan yig‘ilib qolgan to‘kilmalar karyer bortidagi bermalar kengligining qisqarishiga olib keladi. Oqibatda karyer bortining qiyalik burchagi bo‘laklangan to‘kilmalar tabiiy qiyalik burchagidan katta bo‘ladi. Natijada barcha bermalar sochilgan tog‘ jinslari bilan ko‘milib qoladi va karyer borti bitta qiyalik shakliga ega bo‘ladi. Bu holatda kon ishlarini to‘xtatishga va karyer chegarasini kattalashtirishga to‘g‘ri keladi.
    Ilmiy izlanishlar natijasida xavfsizlik bermasi A ning emirilishi va uning ko‘milishining karyer bortining turish vaqti t ga bog‘liqlik grafigi qabul qilingan (11.1-rasm). Bu bog‘liqlik asosan pog‘onalardagi xavfsizlik bermasi o‘lchamlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Kon ishlarini loyihalash va konlarni qazib olish jarayonida keltirilgan bu omillarni hisobga olmaslik ancha zararli holatlarga, hattoki korxonani vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yishga olib keladi.

    11.1-rasm. Xavfsizlik bermasi A ning karyer bortining turish vaqti t ga bog‘liqlik grafigi.

    1. O‘pirilish (qulash) – bu tog‘ jinslari massivi va alohida bloklarning tik qiya siljish yuzalari bo‘ylab uzilish yoki tezlik bilan siljish jarayonidir. Qiyaliklarda ko‘pincha tog‘ jinslarining dumalab tushishi, ag‘darilishi va maydalanishi kuzatiladi. Bu jarayon o‘pirilish deformatsiyasi deyiladi. O‘pirilish tog‘ jinsi massividagi eng xavfli deformatsiya turi hisoblanadi. SHuningdek o‘piriladigan tog‘ jinslari massasi juda katta kinetik energiyaga ega bo‘ladi. Tog‘ jinslarining o‘pirilish jarayoni juda qisqa vaqt ichida, bir necha sekuntdan bir necha minutgacha bo‘lgan oraliqda yuz beradi. O‘pirilish oldindan aniq bo‘lmaydi. U uzoq vaqt kichik siljish bosqichi jarayoni (bir necha kundan bir necha oygacha) mobaynida yuzaga keladi. Agdarilish deformatsiyasi xar kanday Tog‘ jinsi tipida yuzaga kelishi mumkin, lekin ularning kurinish sxemalari xar xil bulishi mumkin.

    Barqaror bo‘lmagan massivlarda tog‘ jinslari aniqlangan eng katta kuchlanish yuzalari bo‘ylab tarqalgan va bu yuzalardagi tog‘ jinsi bo‘laklari orasidagi bog‘liqlik energiyasini ko‘rsatadigan potensiyal energiyaga ega bo‘ladi. Aniqlangan sharitlarda massivda kichik nuqson (defekt) lar va eng kichik darajadagi bo‘laklar bog‘lanishining buzilishi kuzatiladi. Natijada yuzaga kelgan o‘pirilish jarayonida massivdagi potensial energiya juda tez vaqt ichida o‘pirilishning kinetik energiyasiga aylanadi. Bu esa deformatsiya turlarining eng fojeali xarakterlari bilan tushuntiriladi.
    O‘pirilish deformatsiyasi barcha turdagi tog‘ jinslarida yuz berishi mumkin. Ularning ba’zi bir yuzaga kelish shakllari va asosiy sabablari 11.2-rasmda keltirilgan. Barcha mustahkam qoyali tog‘ jinslarida o‘pirilish ko‘pincha qazish tomonida 300 dan katta burchak ostida to‘plangan zaif yuzalar bo‘ylab vujudga keladi. Ba’zi holatlarda o‘pirilish yuzalari murakkab shaklga ega bo‘ladi. Ular qiyaliklar yuzalariga nisbatan turlicha mo‘ljallangan bir qancha zaiflashish yuzalarining yig‘indisi orqali aniqlanadi.

    11.2-rasm. Pog‘onalardagi o‘pirilish deformatsiyalarining sxemalari:


    a – to‘g‘ri siljish; b – ikkita tekislik bo‘ylab siljish; v – singan joy bo‘ylab siljish; g – pog‘onali siljish; d,e – murakkab siljish; j – blokning ag‘darilishi; z – aylana silindrik yuzalar bo‘ylab o‘pirilish.

    O‘pirilishning eng oddiy ko‘rinishi tog‘ jinsi monolit blokining yassi yuza bo‘ylab siljishidir (11.2 a-rasm). O‘pirilishning bunday ko‘rinishi to‘g‘ri siljish deb ataladi. Bu holatda tog‘ jinslarining tarkibi bo‘yicha turli qatlamlarining zaiflashish chegaralari yoki tarkibiga asosan bir xildagi tog‘ jinslarining darzlik va slanetssimonlik tekisligida siljish yuzalari sodir bo‘ladi. Kon lahimlarining darzliklari va slanetssimonligi, hamda qatlamlar chegaralarining uzilishi o‘pirilishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.


    Ikkita tizimdagi darzlik yoki slanetssimonlik va yoriqliklar mavjud bo‘lganda siljish ikki va undan ko‘p bo‘lgan tekisliklarda sodir bo‘ladi (11.2 b,g - rasm). Agar slanetssimonlik yoki yoriqliklar qiyalikga parallel bo‘lsa, u holda tog‘ jinslarining o‘pirilishi tayanch prizmaning quyi qismida sinishi orqali siljishi ko‘rnishida yuz beradi (11.2 v - rasm). Bu holatda pog‘onalarning katta balandligi va qiyaliklarning zaiflashgan zonasidagi uzilishlar o‘pirilishning asosiy sabablari hisoblanadi.
    Agar pog‘ona bir qancha tektonik buzilishlar yoki katta-katta darzliklar bilan kesishgan bo‘lsa, u holda tog‘ jinslari bloklarida murakkab siljish yuzalari bo‘ylab o‘pirilish tizimlari kuzatilishi mumkin (11.2 d,e - rasm). Bunda siljish yuzasi bir nishabli yoki ikki nishabli tarnov ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday o‘pirilishlarni tog‘ jinslarida muhandis-geologik izlanishlar vaqtida zaiflashish yuzalarining mavjudligi aniqlanmaganligi va ularni kon lahimlari bilan kesishda yuzaga keladigan tektonik buzilishlar bilan izohlash mumkin.
    Vertikal holatga yaqin (qiyalik burchagi 800 dan yuqori) bo‘lgan qiyaliklarda vertikal yuzalar bo‘ylab uzilish tufayli bloklarning qulashi ko‘rinishidagi o‘pirilish tasniflanadi (11.2 j - rasm). Bunday ko‘rinishdagi deformatsiyalar bir jinsli qoyali va yumshoq tog‘ jinslarida, shuningdek vertikal darzlangan hamda qatlamlangan tog‘ jinslarida ham kuzatiladi. Ularning sodir bo‘lish sabablari vertikal qiyaliklarning balandliklari juda katta bo‘lishidadir.
    Bir jinsli bo‘sh (yarim qoyali, yumshoq bog‘langan) tog‘ jinslarida qiyalikning yuqori qismidan vertikal yoriqlikli uzilish bilan egri chiziqli (aylana silindrik) shakldagi o‘pirilish yuzalari kuzatilishi mumkin (11.2 z - rasm). Tahliliy sharoitlarga ko‘ra bu o‘pirilishlar gorizontal va nishab qatlamli tog‘ jinslarida, shuningdek massiv tomonga tik joylashgan qatlamlarda kuzatilishi mumkin. Bir jinsli tog‘ jinslarida o‘pirilishlarning sodir bo‘lish sabablari qiyaliklarning parametrlari (balandlik va qiyalik burchagi) ni oshirish hisoblanadi.

    Download 209,22 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 209,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Karyer bortlarida deformatsiyon jarayonlarni tahlil qilish. Reja

    Download 209,22 Kb.