-rasm. Jamg‘arish-investitsiya grafigi




Download 403,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana06.02.2024
Hajmi403,2 Kb.
#152093
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy m

7.1-rasm. Jamg‘arish-investitsiya grafigi. 
Shuning uchun ham to„liq bandlik mavjud bo„ladi. Bu iqtisodchilar davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, oxir-oqibat 
bozor iqtisodiyotining tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun
salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi. 
1936-yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, 
ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o„zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning 
umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi. 
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to„liq bo„lmagan bandlik sharoitida ham 
erishish mumkinligini, to„la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga 
solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro„y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. 
Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu 
kabi vaziyatlargagina bog„liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki 
omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va 
inflatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg„armalarga bevosita bog„liq. 
Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga 
iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi. 
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg„armalarning 
bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro„y beradi.(7.2-rasm). 
Bunga sabab birinchidan, jamg„arish va investitsiyalash to„g„risidagi qarorlarni 
har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo„lsa. ikkinchidan
jamg„aruvchilar va investorlarni jamg„arish va investitsiyalashga turlicha sabablar 
undaydi. Keynschilar fikricha, jamg„arma va investitsiyalar bitta omilga bog„liq 
bo„lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati 
o„zining ish haqi miqdoridan ortiq bo„lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan 
avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg„arishadi. Jamg„armalar biror shaxs 



yoki oilaning kelajakdagi iste‟molini qondirish maqsadida, ya‟ni, uy xo„jaliklari oila 
boshlig„ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini 
ta‟minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg„armalar tasodifiy 
vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi. 
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga 
kutilayotgan sof foyda normasi hamdir. 
Klassiklar nazariyasi bo„yicha jamg„arma va investitsiyalar miqdorini 
aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo„jaliklari 
kamroq iste‟mol qilib, ko„proq jamg„arishga harakat qilishadi. Uy xo„jaliklarida 
jamg„armalarning ko„payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o„z 
vaqtida investitsiyaning o„sishini ta‟minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi 
daromadi iste‟mol va jamg„arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy 
asoslarga tayangan holda Keyns o„zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab 
chiqdi. 

Download 403,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 403,2 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Jamg‘arish-investitsiya grafigi

Download 403,2 Kb.
Pdf ko'rish