7
m = 1/ (1-b ) tenglik to„g„ri bo„ladi.
5
Avtonom xarajlar multiplikatori miqdorining katta yoki
kichikligi budjet soliq
siyosati samaradorligiga ta‟sir ko„rsatadi. Davlat o„z xarajatlarini oshirayotganda,
yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko„rayotganda,
bu xarajatlar yalpi
talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur.
7.5. Retsession va inflatsion uzilish.
Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y
0
) potensial (Y*) hajmidan kam
bo„lsa, yalpi talab samarasiz hisoblanadi. Ya‟ni, AD=AS
tenglikka erishilgan
bo„lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to„liq bandligi darajasini
ta‟minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta‟sir ko„rsatadi.
7.3-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o‘rtasidagi retseession
uzilish.
YaMM (YaIM)ni to„liq bandlilikning noinflatsion darajasiga qadar o„stirish
uchun yalpi talab (jami xarajatlar) ko„paytirilishi zarur bo„lgan
miqdor retsession
uzilish deyiladi (7.3-rasm).
Ishlab chiqarishda to„liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo„qotish
uchun yalpi talabni rag„batlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan «V» nuqtagacha
surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o„sishi ΔU
quyidagiga teng
bo„ladi:
5
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 310