• Ma’naviyat daqiqasi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy




    Download 325,51 Kb.
    bet131/200
    Sana01.04.2021
    Hajmi325,51 Kb.
    #13866
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   200
    Darsning tarkibiy qismi

    (bosqichlari)

    Ajratiladigan vaqt (reglament)

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    Ma’naviyat daqiqasi

    3

    O‘tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni tushuntirish

    25 daqiqa

    5

    Mustahkamlash

    5 daqiqa

    6

    O‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    7

    Uyga vazifa berish

    DARSNING BORISHI:

    Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

    Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

    O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

    Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

    Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) 1943-yil 27-sentabrda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab o‘rta maktabda o‘qidi. Keyin ToshDUning filologiya fakultetida tahsil oldi. Shundan so‘ng Rauf Parfi adabiy jarayonga faol aralashdi. Respublikaning nufuzli adabiy nashriyotlarida, turli gazeta va jurnallarda faoliyat ko‘rsatdi. Shoirning «Karvon yo‘li» nomli birinchi she’rlar to‘plami 1968-yilda nashrdan chiqdi. Shundan keyin uning «Aks-sado», «Tasvir», «Xotirot», «Ko‘zlar», «Qaytish», «Sabr daraxti», «Sukunat», «Tavba», «So‘nggi vido», «Sakina» kabi she’riy to‘plamlari chop qilindi. Tarjimon sifatida u Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli», A. Tvardovskiyning «Zaytun novdasi» asarlari va boshqa ko‘plab jahon adabiyoti namoyandalarining she’rlarini o‘zbek tiliga o‘girdi. Rauf Parfining o‘zbek she’riyatiga qo‘shgan hissasi yuksak baholanib, unga 1999-yil «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. Shoir 2005-yilda Toshkent shahrida vafot etdi. «Rauf Parfi she’riyati» degan ta’birning o‘ziyoq shoirning adabiy merosi, go‘zal she’rlari, ijodining umumpafosi to‘g‘risida mulohazalar yuritishga undaydi. Shoir she’rlarida Vatan, ona, inson, tabiat mavzulari yetakchilik qiladi. Muhtaram o‘quvchi! Siz shoirning ulkan ijodiy merosining bir qismidan bahra oldingiz. «Tong otmoqda», «Yomg‘ir yog‘ar», «Yoz kechasi», «Yana qaytib keldim... », «Yurak» she’rlari ijodkorning nechog‘li favqulodda iste’dod sohibi ekanligidan, tabiat lirikasi bilan inson «men»i uyg‘un va hamohang shaklda tarannum etilganidan darak berib turibdi.



    Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

    1. Rauf Parfi tarjimayi holini yana boshqa dalillar bilan to‘ldirishga harakat qiling.

    2. Shoir she’rlarining o‘ziga xosligi va milliy xususiyatlariga e’tibor bering.

    3. Siz tong otishini kuzatganmisiz? Sizning kuzatuvingiz bilan shoir she’rda tasvirlagan tong manzarasini o‘zaro qiyoslang. Bu borada shoir mahorati haqida nima deya olasiz?

    4. Rauf Parfi she’rlarida qanday badiiy san’atlar qo‘llangan?

    5. Shoir she’rlarida tabiat lirikasining o‘rni va ifoda tarzini misollar asosida tushuntiring.

    6. She’rlardagi inson ruhiy holatlari ifoda qilingan nuqtalarni ajratib ko‘rsating.


    Download 325,51 Kb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   200




    Download 325,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy

    Download 325,51 Kb.