Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
«Tong otmoqda» she’rida shoirning umidlari, yorqin tuyg‘ ulari ifodasini topgan. E’tibor berilsa, bunda quyosh zambarakka, uning zarrin nurlari o‘qlarga qiyoslangan. Quyoshdan tinimsiz o‘qlar yog‘iladi go‘yo. Aslida, bu o‘xshatish bejiz emas. Fizik qonuniyatlarga ko‘ra, nurning zarralar ko‘rinishida tarqalishi ham mavjud voqelikdir. Yer shari shoir tasavvurida o‘sha zarralar oqimi – o‘qlardan yaralangandek ko‘rinadi. Keyin shoir nigohi tabiat hodisasidan insonlarga ko‘chadi. Har kuni saharda uyg‘ongan odam musaffo tong bilan qarshilashadi. Tong pokizaligi odamlar yuragiga ko‘chadi. Bu she’rning juda sodda zohiriy ma’nosini shunday tahlil qilish mumkin. Ammo Rauf Parfi she’rlari bir marta o‘qib qo‘yiladigan va darhol uqib olinadigan sodda she’rlar sirasiga kirmaydi. Shoir o‘z qalb kechinmalarini ifodalashda tabiatga murojaat qilishini «Yomg‘ir yog‘ar» she’rida ham ko‘rish mumkin. Kim hayotida yomg‘irga duch kelmagan? Kim ham yomg‘ir ostida qolib ketmagan? Qo‘lida shamsiyasi bo‘lmagan har qanday odamning sochlariga, boshiga yomg‘ir tomchilari tomchilaydi. Kayfiyati chog‘ odam bundan huzur topishi, aks holda, asabiylashishi ham mumkin. She’rdagi «Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar» misrasi olti marta qaytariladi. Bunday takror misoli yomg‘irning yog‘ish tovushini eshitishga, yomg‘irning yerga tushish harakatini tasavvur etishga yordam beradi. Xo‘sh, shoir tasvirlayotgan yomg‘ir ostida qolgan «men»ning kayfiyati qanday? U qayg‘udami yoki quvonchdami? Bu jumboq keyingi bandlarda ochiladi. She’rning lirik qahramoni yomg‘irdek go‘zal tabiat hodisasiga butun vujudi bilan qo‘shiladi. Chunki u: «Men unga ochaman bag‘rimni», – deb e’tirof etadi. Demak, uning qalbida o‘zgacha bir zavq-shavq paydo bo‘ladi. Buning ta’sirida yomg‘ir unutiladi. Yomg‘irga lirik qahramon asir bo‘ladi. Eng muhimi, ushbu ruhiy vaziyat ortidan she’r tug‘iladi. Shu bois shoir: «Yog‘a boshlar qog‘ozga ko‘ngil», – deb o‘z she’riga nuqta qo‘yadi. «Men bunday vaziyatda qog‘ozga she’r yozdim» deyishi juda sodda va she’riyatning ramzli tilidan ancha yiroq tushgan bo‘lar edi. She’rga «ko‘ngil»ning qo‘shilishi uning badiiy quvvatini oshiradi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. She’rlardagi inson ruhiy holatlari ifoda qilingan nuqtalarni ajratib ko‘rsating.
2. Rauf Parfi tasavvuridagi ona obraziga tavsif bering.
3. «Shahlo ko‘zli mening targ‘ilim» deganda nimani tushunasiz?
4. «Ajoyib diyorsan, qalbim, na chora Shodlik va hasratning maskani sanda» misrasida qanday tuyg‘ular ifodalangan?
|