Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
XX asr o‘zbek xalqining boy madaniyati va badiiy tafakkuri tarixida alohida o‘ziga xos bosqich sanaladi. Bu davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘lida realistik tasvir tamoyili yetakchilik qildi; badiiy adabiyot ijtimoiy hayotga, insonlar dardiga yaqinlashdi, qalamga olingan mavzular zamon bilan, mavjud umuminsoniy muammolar bilan bog‘landi. Eng muhimi, XX asr oxirida birorta o‘zbekistonlikning yodidan chiqmaydigan tari xiy voqea sodir bo‘ldi, ya’ni 1991-yil 1-sentabrida O‘zbekis ton mustaqillikka erishdi. Barcha o‘quv dargohlarida o‘quv yilining birinchi kunida betakror bayramona kayfiyat hukm suradi. Demak, o‘sha voqelikdan keyingi davr adabiyoti «Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti» deb atalishi tabiiy sanaladi. Badiiy ijodning har bir yo‘nalishi – nazm, nasr va dramaturgiya mohiyat e’tibori bilan mustaqillik davrining mavzulari bilan boyidi. Bu holat o‘zbek adabiyoti tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Mustaqillik davri she’riyati, nasri va dramaturgiyasi haqida o‘z fikrlaringizni bayon qiling.
2. Istiqlol davri she’riyatiga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat?
3. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatinig eng muhim mavzularni sanab bering.
|