• Ma’naviyat daqiqasi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy




    Download 325,51 Kb.
    bet140/200
    Sana01.04.2021
    Hajmi325,51 Kb.
    #13866
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   200
    Darsning tarkibiy qismi

    (bosqichlari)

    Ajratiladigan vaqt (reglament)

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    Ma’naviyat daqiqasi

    3

    O‘tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni tushuntirish

    25 daqiqa

    5

    Mustahkamlash

    5 daqiqa

    6

    O‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    7

    Uyga vazifa berish

    DARSNING BORISHI:

    Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

    Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

    O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

    Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

    O‘zbek she’riyati istiqlol yillarida o‘ziga xos yangi adabiy-estetik hodisa sifatida namoyon bo‘la boshladi. Badiiy ijod maydonida shoirlar uchun erkin ijodiy muhit yuzaga keldi. Adiblar o‘z ma’naviy dunyosini, olam va odamga doir qarashlari, individual his-tuyg‘ularini bor holicha taqdim qila boshlashdi. Mafkuraviylashgan eski adabiy siyosatdan boshqacha, ya’ni inson erkini qadrlash, Vatanning chin saodati, buyuk kelajagi uchun qayg‘urish, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi qator mavzular bu davr she’riyatida yetakchilik qildi. Vatan – ijod ahlining yuragiga eng yaqin, juda muhim va doimiy mavzu. O‘zbek adabiyoti tarixida yurtning go‘zal tabiatini, osmono‘par tog‘larini, dala-dashtlarini, bepoyon qirlarini, bebaho ma’danlarini madh etgan she’rlar ko‘p yozildi. Tabiiyki, bu muazzam va muqaddas Vatan borlig‘I faqat moddiy ne’matlardangina iborat emas. Abdulla Oripov bir she’rida: «Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!» deb xitob qildi. Zotan, bu ko‘hna zaminda O‘zbekistonning ma’naviy muhitini, ob-havosini, shon-sharafini, shuhratini dunyoga tanitib turgan, eng muhimi, Vatan timsoliga aylangan ulug‘ siymolari bor. Bu ulug‘larning nomi yurtning uzoq-yaqin tarixi sahifalarini bezaydi. Ular orasida jahon ilm-faniga, ma’naviyat va adabiyot xazinasiga ulkan hissa qo‘shganlari, Erkin Vohidov ta’biri bilan aytganda, «sirli olam toqiga ilk narvon» qo‘ygani ham, «she’riyat mulkida shoh-u sulton» bo‘lgani ham, dushmanlarga qarshi «ko‘ksi qalqon» vatanparvarlari ham mavjuddir. O‘z vaqtida Vatan ozodligi, hurligi va erki ramziy ravishda shoirlar ijodining asos-negiziga joylandi.



    Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

    1. Zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi qaysi shoirlarning she’rlarini sevib o‘qiysiz?

    2. Istiqlol yillarida nashrdan chiqqan qanday she’riy kitoblarni o‘qigansiz?

    3. O‘zingiz muxlis bo‘lgan shoir ijodiga qisqacha tavsif bering. Sizni hayratga solgan ijod namunalaridan misol keltiring.

    4. Jamol Kamolning «Asr bilan vidolashuv» she’rini ifodali o‘qing va uni sinfda muhokama qiling.


    Download 325,51 Kb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   200




    Download 325,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy

    Download 325,51 Kb.