Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyoti tarixida Vatan haqida she’r yozmagan shoir kamdan-kam topiladi. Albatta, ularning badiiy saviyasi, ta’sir quvvati, yuraklardan joy olishi turlicha. Ayrim holatlarda shoir Vatan so‘zini she’rida qo‘llamasdan ham el-yurtiga mehrini izhor qilishi mumkin. Ba’zan ayni so‘zning beto‘xtov takrori she’riyat muxlislarining ixlosini qaytaradi. Har kim Vatanni o‘zicha tushunadi, o‘zicha suyadi, sog‘inadi, o‘zicha kuylaydi; Vatani bilan faxrlanadi. O‘z tuprog‘idan, gulidan, gulistoni-bo‘stonidan, oshyoni-dilistonidan ajralgan bulbulning mungli fig‘oni falakka chiqadi. Odamning o‘z yurtiga mehr-muhabbati yoki ayriliq sog‘inchi ana shunday an’anaviy obrazlarda ham ifoda qilinadi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Oydin Hojiyevaning «Mustaqil vatanni baxt nuri chaysin» she’rini ifodali o‘qing va muhokama qiling.
2. Usmon Azimning «Grafika» she’ri sizda qanday taassurot qoldirdi. She’r nega shunday nomlanganini angladingizmi?
3. Xurshid Davronning «Men ko‘ksingga boshimni qo‘ydim» she’rining bosh mavzusi nima? Bu she’rni o‘qiganingizda ko‘z oldi ngizda qanday manzaralar gavdalandi?
4. Xurshid Davronning yana qaysi she’rlarini o‘qigansiz?
|