Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Bobur lirikasida g‘azal va ruboiylar yetakchi mavqe tutadi. Adib ushbu janrlarning ijtimoiy motivlar bilan boyitilishiga katta hissa qo‘shdi. Bobur g‘azallarining katta qismi 5 va 6 baytdan tashkil topgan. Uning yana bir yirik xizmati she’r tilini, adabiyot
tilini hayotiylashtirishda, uning sodda va ravon, tushunarli, samimiy bo‘lishiga intilishida ko‘rinadi. Ko‘pincha ularda og‘zaki nutqqa juda yaqin bo‘lgan ohanglar ochiq sezilib turadi. Boshqa jihatlarni gapirmaganda ham, g‘azal qofiyalarining fe’llardan tashkil topishi uni og‘zaki nutqqa yaqinlashtirganini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.
Boburning hayoti o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtlardan yiroqda kechganini yaxshi bilasiz. Shu bois Bobur ruboiylarida ona Vatanga intilish, g‘urbat, hijron mavzulari keng yoritilgan. Quyidagi ruboiy ham adibning yurt sog‘inchiga to‘la qalbining aks sadosi, o‘ziga xos oynasidir.
Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qdur,
Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qdur.
Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qdur.
Bobur ruboiylari o‘zbek ruboiynavisligi taraqqiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Ularda falsafiy teranlik, ijtimoiy hodisalarga uyg‘unlik, hayot rang-barangligining nafis ifodalari, ayni paytda, o‘zbek tilining o‘ziga xos ifor va tarovati takrorlanmas bir tarzda mujassamlashgan. Bobur nazarida olamning munavvarligi odamning istaklari, shu istaklarning amalga oshishi bilan bog‘liq. Agar inson istaklari, tilak va xohishlari amalga oshsa, bu olam yanada go‘zal bo‘ladi, aksincha holatda esa olam uning ko‘zlariga tor va qorong‘i ko‘rinishi mumkin. Unda bunday kishiga olamda yashashning ma’no va mazmuni yo‘qoladi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Bobur she’riyati qanday janrlardan iborat?
2. Bobur she’rlarida ko‘p qo‘llangan she’riy san’atlarni aniqlang. Ularning she’r matnidagi badiiy-estetik vazifasini belgilashga harakat qiling.
3. Ayrim g‘azallarda radif qo‘llangan. U she’rda qanday vazifani ado etadi?
5. Bobur ruboiylarining mavzu qamrovi haqida gapirib bering.
6. Yuqoridagi ruboiylarni yana bir marta o‘qing. Ular orasida «Taqdirga tag‘yir yo‘q» hamda «Har kim ekkanini o‘radi» maqollarining mazmuniga mos keladiganlarini toping. Ularni izohlashga harakat qiling.
|