Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
«Xazon yaprog‘i yanglig‘» g‘azali Bobur she’riyatining eng yaxshi namunalaridan biridir. Undagi badiiyat nihoyatda go‘zal va ta’sirchan shaklda namoyon bo‘lgan. She’rda tanosub san’ati ning juda go‘zal va yorqin namunasi mujassamlashgan. Dastlabki baytda kuz manzarasining o‘ziga xos belgilari aks etgan. Xazon yaprog‘i kuzning o‘ziga xos timsolidir. Bu bejiz emas. Gap ayriliq ustida bormoqda. Mumtoz she’riyatimizda shodlik, visol ko‘pincha bahor bilan bog‘liq holda tasvirlanadi. Shunga ko‘ra, Boburning ayriliq onlarini kuzga bog‘lab berishi tasodifiy emas. Xuddi shuning uchun ham oshiq «sarg‘ardim» deydi. Uning sarg‘ayishi xazon yaprog‘iga o‘xshaydi. Kuz manzarasida alohida urg‘u bilan ko‘rinadigan boshqa bir manzara ham bor. Bu yor bilan bog‘liq manzaralar. Yorning ko‘rinishida kuzga yaqinlik mutlaqo mavjud emas. U – gul yuz. Yorning mana shunday holati yana bir marta alohida ta’kidlanadi. Unga murojaat (ey lolarux) shu holatni yuzaga chiqaradi. Bu yerda asosiy urg‘u yorni tavsiflashga emas, balki oshiqning o‘z ruhiyatini ifodalashga qaratilgani uchun ham lirik qahramon o‘z tashqi qiyofasiga e’tiborni tortadi – o‘z «chehrayi zardi – sarig‘ yuzi»ni
eslatadi. Bu e’tibor maxsus murojaat orqali (ko‘rub rahm aylagil) yana-da kuchaytiriladi. Garchi Boburning ayrim she’rlarida o‘zni aysh bilan tutishga, farog‘at bilan yashashga da’vat ruhi ustun bo‘lsada, amalda bular Boburning orzusi bo‘lib, uning hayoti faqat mashaqqat, qiyinchilik, urush-yurishlarda, tahlika va bezovtaliklar, to‘s-to‘polonlarda o‘tgani yaxshi ma’lum. Shunga qaramasdan, adib she’riyatida hayotsevarlik, ertangi kunga nisbatan komil ishonch ruhi ustuvorlik qiladi. Shoir birovga tobe va mute bo‘lishni xohlamaydi. Keskin xulosalar chiqarishda ham iymanib o‘tirmaydi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Siz «Lola» g‘azaliga bastalangan qo‘shiqni eshitganmi siz? Qo‘shiq ijrochisini bilasizmi? U sizda qanday taassurot qoldirgan?
3. She’rda Bobur shaxsiga oid qaysi fazilatlar ochiqroq namoyon bo‘lgan? Aniq misollar bilan fikringizni dalillang.
4. She’rning mavzu doirasi haqida nima deya olasiz?
5. Uni nima uchun g‘azal deymiz?
6. G‘azalda qo‘llangan she’riy san’atlarni aniqlang. Ularning she’r matnidagi badiiy-estetik vazifasini belgilashga harakat qiling.
7. G‘azola nima? She’rda bu so‘z nima uchun qo‘llangan?
|