• 3. Majburiy tebranishlar tenglamasi.
  • So'nmas elektromagnit tebranishlar generatori




    Download 8,06 Mb.
    bet121/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    2. So'nmas elektromagnit tebranishlar generatori. Bunday tebra nishlar sistemasi vazifasini kichik qarshilikli induktivlik (L) va kondensator (Q dan iborat kontur bajaradi. Tranzistorni kuchla nish bilan ta'minlovchi batareya (to'g'rilagich) — tok manbayi vazi fasini bajaradi. Klapan vazifasini tranzistor bajarib, manbadan tebranish konturiga energiyaning porsiya bo'lib berilishini boshqaracli (2-rasm).
    Tebranish konturining g'altagi L bilan maydon orqali bog'langan teskari bog'lanish g'altagi Lbog tebranishlarning o'z-o'zidan paydo bo'lishiga xizmat qiladi (3-rasm). Klapan vazifasini esa p-n-p tipdagi tranzistor o'taydi. Agar manbaning musbat qutbi emitterga, manfiy qutbi esa bazaga ulangan bo'lsa, emitter o'tuvi ochiq bo'ladi. Agar bazaning potensiali emitternikiga nisbatan musbat bo'lsa, tranzistor tok o'tkazmaydi. Ayni shu potensiallarning munosabatiga qarab tran­zistor «yopiq» yoki «ochiq» bo'ladi.

    Agar kalit yopilsa, tranzistor zanjirida tok paydo bo'lib, tebra­nish konturidagi kondensator S ni zaryadlaydi. Konturda erkin teb­ranishlar vujudga keladi. Konturning L g'altagidan o'tayotgan tok teskari bog'lanish g'altagi Lbog`, da tranzistorning emitteriga beriladigan o'zgaruvchi kuchlanishm induksiyalaydi. Birinchi yarim davrda tranzistor ochiq bo'ladi, ya'ni tranzistorning kollektor zanjiridan tok oqadi. Bu tokning yo'nalishi kontur g'altagidagi tokning yo'nalishi ilan mos keladi. Ikkinchi yarim davrda esa konturdagi tok yo'nalishini o'zgartiradi, tranzistor «yopiladi» va tebranish konturi yarim davr mobaynida energiya manbayidan ajratiladi. Keyingi davrda jarayon tak-rorlanadi. Shunday qilib, tranzistor, konturdagi so'nmas tebranish-larni energiya bilan ta'minlab turuvchi o'zgarmas tok manbayini ulab va uzib turadi.


    Tebranishlarning amplitudasi va davri tebranish sistemasining xarakteristikalari bilan aniqlanadi.
    3. Majburiy tebranishlar tenglamasi. Real tebranish konturidaso'nmas tebranishlarni hosil qilish uchun yo'qotiladigan energiynning o'rnini to'ldirib turish kerak.
    Davriy ravishda o'zgaruvchi tashqi EYK ta'sirida vujudga keladigun tebranishlarga majburiy elektromagnit tebranishlar deyiladi.
    Demak, majburiy tebranishlar vujudga kelishi uchun konturga garmonik ravishda o'zgaradigan, davriy tashqi EYK yoki o'zgaruvchan kuchlanisli
    U = U0sinωt (1|)
    ni ulash kerak.
    Bu yerda: U0kuchlanishning maksimal qiymati, ω— siklik chastota.
    U nda majburiy tebranishlar tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:


    (2)


    (3)


    (3) majburiy elektromagnit tebranishlar tenglamasidir.



    Download 8,06 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So'nmas elektromagnit tebranishlar generatori

    Download 8,06 Mb.