|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 176/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniNazorat savollari:
Quyosh energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantiradigan qurilma nima deb ataladi?
Yer sirtining har bir kvadrat metriga tushadigan Quyish yorug`lining quvvati qancha?
Ichki fotoeffekt deganda nimani tushunasiz, tashqi fotoeffekt degandachi?
Zamonaviy fotoelementlar yordamida 1m2 yuzadan har sekundda qancha energiya olish mumkin?
Quyosh batareyasining ish prinsipini tushuntirib bering.
ATOM VA ATOM YADROSI
MAVZU:ATOM TUZILISHI.ATOMNING YADROVIY MODELI.
REJA:
Atomning Tomson modeli
Rezerford tajribasi
Atom yadrosining o’lchamlari
Atomning planentar modeli
Borning kvant postulotlari. Energetik sathlar
XIX asr oxirida atomning murakkab tuzilishga ega ekanligini ko’rsatuvchi dalillar paydo bo’ldi. Atom tuzilishini tushintirishda Tomson va Rezerfordning modellari yuzaga keldi.
1. Atomning Tomson modeli. 1903 yil ingliz fizigi J. Tomson atomining birinchi modelini taklif etdi. Tomson fikricha, atomlar musbat zaryadlangan moddadan iborat bir jinsli sharlar bo’lib, ularda elektronlar bo’ladi, elektronlarning yig`indi zaryadi atomning musbat zaryadiga modul jihatdan teng. Shuning uchun atom bir butun holda elektr jihatdan neytral bo`ladi. Biroq Tomsonning atom modeli atomda musbat zaryadning taqsimlanishini tadqiq qilishga doir tajribalarga mutlaqo zid bo`lib chiqdi.
2.Rezerford tajribasi. E.Rezerford atomning Tomson modellining qay darajada to`g`riligini tajribada tekshirib ko`rdi. Tajriba g`oyasi juda sodda edi. Agar atomning Tomson modeli haqiqatga to`g`ri kelsa, juda yupqa plastinkadan tez harakatlanuvchi α- zarralarning ingichka dastasi o`tkazilganda, bu zarralarning sezilarli og`ishlari kuzatilmasligi kerak edi.α-zarralarning massalari elektronning massasidan taxminan 8000 marta katta, musbat zaryadi esa moduli jihatidan elektronning zaryadidan ikki martakattadir. a-zarralar butunlay ionlashgan geliy atomining xuddi o’zidir. α-zarralarning tezligi juda katta bo`lib tahminan yorug`lik tezligining 1/15 ulushiga teng. Rezerford bu zarralar bilan og`ir elmentlarning atomlarini bombardimon qildi. Elektronlarning massasi juda kichik bo`lgani uchun ular α- zarralarning traektoriyasni sezilarli darajada o`zgartira olmaydi. Atomning musbat zaryadli qismigina α-zarralarning sochilishiga sabab bo`lishi mumkin.
S hunday qilib α-zarralarning sochilishiga qarab atom ichida musbat zaryadning va massaning taqsimlanish xarakterini aniqlash mumkin. Tajribaning sxemasi 1-rasimda tasvirlangan. Radioaktiv namuna qo’rg’oshin silindir 1 ichiga joylashtiriladi. Undan chiqayotgan α –zarralar oqimi yupqa metall (oltin, mis) folga 2 ga tushiriladi. Sochilgan rux sulfide bilan qoplangan yarim shaffof 3 ekranga tushadi. Har bir zarra ekranga kelib urulganda yorug’lik chaqnaydi va bu chaqnashni mikroskop 4 yordamida kuzatiladi. Qurilma havosi so’rib olingan idish ichiga joylashtiriladi. Metall folga bo’lmasa, ekranda α – zarralarning ingichka oqimi hosil qiladigan yorug’ yo’l yuzaga keladi. Dasta yo’liga folga qo’yilganda sochilish tufayli α – zarralar ekranda kattaroq yoyilgan doira bo’yicha taqsimlanadi. Rezerford tajriba qurilmasini o’zgartirib α – zarralarning katta burchaklariga og’ishini qayd qilishga harakat qiladi va shu narsa ma’lum bo’ldiki bu zarralarning bir qismi 900 dan katta burchakka og’ar ekan. Atom tarkibidagi musbat zaryad Tomson modeli bo’yicha taqsimlanganda edi, ular α – zarrani orqaga irg’itib yuborish uchun etarli darajadagi kuchli elektr maydonini hosil qila olmasdi. Shunday qilib Rezerford tajribasi atomning Tomson modeli noto’ri ekanligini tasdiqladi.
|
| |