|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 174/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniTayanch tushunchalar:
fotoeffekt, tashqi fotoeffek,t ichki fotoeffekt, fototok, to’yinish fototoki, Eynshteyn tenglamasi, fotoeffektning qizil chegarasi, vakuumli fotoelementlar, yarimo`kazgichli qurilmalar, fotogalavanik elementlar,
foto-EYUK.
Mustaqil yrchish uchun masalalar
1. 4,1 V potensiallar farqidan o’tgan elektronning energiyasi qanday bo’lsa, kvantlari xuddi shunday energiyaga ega bo’lgan nurlarning to’lqin uzunligini aniqlang.
2. Fotonlarining massasi elektronning tinchlikdagi massasiga teng bo’lgan nurlanish to’lqin uzunligini toping. Bu qanday turdagi nurlanish?
3. Quvvati 100 W bo’lgan yorug’lik manbai 1 s ichida 5·1020 ta foton chiqaradi. Nurlanishning o’rtacha to’lqin uzunligini toping.
4. Uzoq vaqt qorong’uda turib o’rgangan kishining ko’zi quvvati 2,1·10-17 W bo’lgan 0,5 m to’lqin uzunlikdagi yorug’likni ko’radi. 2·10-5 W bo’lgan yorug’likni ko’z og’riqsiz qabul qila oladi. Bu hollarda ko’zning to’r pardasiga har 1 sek da nechtadan foton tushib turadi?
5. Rentgen trubkasining rentgen spektridagi eng “qattiq” nurlarining chastotasi 1019 Hs bo’lsa, bu trubka qanday kuchlanish ostida ishlayotgan bo’ladi?
6. 50 kV kuchlanish ostida 2mA tok istemol qilib ishlab turgan rentgen trubkasi har sekundda 5·1013 ta foton chiqaradi. Nurlanishning o’rtacha to’lqin uzunligini 0,1 nm deb hisoblab, trubkaning FIK ini toping, ya’ni rentgen nurlanishining quvvati istemol qilinayotgan tok quvvatini necha foizini tashlik qilishini aniqlang.
7. Kumush uchun fotoeffektning uzun to’lqin chegarasi 0,29 m ga teng. Chiqish ishini eV hisobida aniqlang.
8. Fotoelektronlarning maksimal tezligi 2000 km/s bo’lishi uchun seziy sirtiga qanday to’lqin uzunlikdagi nurlar yo’naltirish lozim ? Seziy uchun fotoeffektning qizil chegarasi 690 nm ga teng.
9.Seziy katоdiga to’lqin uzunligi 600 nm bo’lgan qizil nur tushmоqda. Seziydan elektrоnning chiqish ishi 1,8 eV. Berkituvchi pоtentsial qanday bo’lganda fоtоtоk to’xtaydi? h=4,11015 eVs.
10.Birоr fоtоelement katоdi 1 chastоtali mоnоxrоmatik yоrug’lik bilan yоritilganda, fоtоelektrоnlarning eng katta kinetik energiyasi E1 bo’lgan,
2 = 31 chastоtali yоrug’lik bilan yоritilganda esa E2 bo’lgan. E1va E2 o’zarо qanday munоsabatda bo’ladi?
11. Seziy sirtiga to’lqin uzunligi 340 nm bo’lgan monoxromatik nur tushmoqda. Fototok butkul to’xtaydigan tusuvchi kuchlanishning eng kichik qiymatini aniqlang. Siziy uchun fotoeffektning qizil chegarasi 658 nm
|
| |