• 1-chizma asosida yig‘ilgan qurilmaning umumiy ko‘rinishi 1-rasmda keltirilgan
  • Qurilmaning tuzilishi va ishlashi




    Download 8,06 Mb.
    bet170/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
    Yarim o‘tkazgichli fotoelementning ishlash tamoyilini o‘rganish va fotoelementga ulangan iste’molchining sarflayotgan quvvatini hisoblash uchun 1-chizmada berilgan elektr zanjiri yig‘iladi. Qisqa tutashuv tokini o‘lchash uchun fotoelementning p (yorug‘lik nuri tushadigan soha) sohasidan chiqqan kontaktni milliampemetrning p musbat qutbiga ulanadi, fotoelementning n sohasidan chiqqan kontakt esa ulash simi yordamida milliampermetrning manfiy qutbiga ulanadi. Milliampermetr laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchilarni ta’minlovchi maxsus ±5,5V/8V tarmog‘iga ulanadi.
    M illiampermetrning vaziyatli kaliti 1 holatiga keltiriladi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayi tok tarmog‘iga ulanib milliampermetrning ish holati tekshiriladi. So‘ngra fotoelementga yorug‘lik nuri tushirilib qisqa tutashuv toki o‘lchanadi. Ochiq zanjir kuchlanishini o‘lchash uchun volmetrning musbat qutbi fotoelementning p sohasining kontaktiga (+), voltmetrning manfiy qutbi fotoelementning n sohasining kontakti (-) ga ulanadi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchilarni ta’minlovchi maxsus 8 V li tarmog‘iga voltmetr ulanadi. Voltmetrning ish holati tekshiriladi, so‘ngra fotoelementga yorug‘lik nuri tushirilib, ochiq zanjir kuchlanishi o‘lchanadi. Fotoelementga ulangan iste’molchining sarflayotgan elektr quvvatini aniqlash uchun iste’molchidan o‘tayotgan tokni va uning uchlaridagi kuchlanishni o‘lchagan holda, quyidagi ifodaga asosan aniqlanadi:


    (1)




    1-chizma asosida yig‘ilgan qurilmaning umumiy ko‘rinishi 1-rasmda keltirilgan

    1-rasm

    Ishni bajarish tartibi:





    1. Fotoelementning qisqichlariga millampermetrning mos qutblari ulanadi.

    2. Fotoelement sirtiga tik ravishda yorug‘lik nuri tushiriladi.

    3. Qisqa tutashuv toki o‘lchanadi.

    4. Fotoelementning qisqichlariga voltmetrning mos qutblari ulanadi.

    5. Fotoelement sirtiga tik ravishda yorug‘lik nuri tushiriladi.

    6. Ochiq zanjir kuchlanishi o‘lchanadi.

    7. 1-chizmada keltirilgan zanjir to‘liq yig‘iladi.

    8. Fotoelement sirtini yoritib voltmetr va millampermetrning ko‘rsatishiga ko‘ra iste’molchining sarflayotgan quvvati (1) ifodaga ko‘ra hisoblanadi.

    9. Fotoelementning sirtiga yorug‘lik filtrlarining birini qo‘yib tajriba takrorlanadi.

    10. Tajriba natijalari asosida quyidagi jadval to‘ldiriladi.




    Qisqa tutashuv toki (mA)

    Ochiq zanjir kuchlanishi (V)

    Iste’molchidan o‘tayotgan tok kuchi (mA)

    Iste’molchi uchlaridagi kuchlanish (V)

    Iste’molchining sarflayotgan quvvati (mW)

    1
















    2
















    ...


















    Download 8,06 Mb.
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   197




    Download 8,06 Mb.