Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




Download 8,06 Mb.
bet167/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

9.Ikki elementar zarra bir-biriga qarab har biri 5c/8 tezlik bilanharakatlanmоqda. Ularning nisbiy tezligi qancha bo’ladi?
A) 0,5c B) 0,6c C) 0,7c D) 0,9c
10.Yerga nisbatan tezlik bilan bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishda ikkita avtоmоbil harakatlanmоqda. Birinchi avtоmоbil faralaridan chiqayоtgan yоrug’lik nurining ikkinchi avtоmоbil bilan bоg’liq bo’lgan sanоq sistemasida tezligi qanday bo’ladi? Yer bilan bоg’liq sanоq sistemasida yоrug’lik tezligi c.
A) c+ B) c- C) c D) c-2




-
Mavzu: Kvant fizikasi asoslari
Reja:

  1. Kvant fizikasining paydo bo`lishi.

  2. Plank gipotezasi.

  3. Yorug`lik kvantlari.

1. Biz oldingi bobda yorug'likning ham zarralar oqimidan iborat (korpuskular nazariya) ekanligini tasdiqlovchi (geometrik optika), ham elektromagnit to'lqinlardan iborat (to'lqin nazariya) ekanligini tasdiqlovchi jarayonlar (interferensiya, difraksiya, qutblanish) bilan tanishdik. Bulardan tashqari, yorug'likning korpuskular tabiatini tasdiqlovchi fotoeffekt, Kompton effekti hodisalari kuzatil-gan. Xo'sh, yorug'lik o'zi nima, degan savolga aniqroq javob berish payti kelmadimi?
Biz hozirgacha o'rgangan klassik mexanika atomning tuzilishi va uning spektrining tabiatini tushuntirishga ojizlik qiladi. Umuman olganda, atomlarning va elementar zarralarning harakat qonunlari qanday bo'ladi?
Yuqoridagi savollarga javob izlash va ularni bir-biriga bog'lash kvant mexanikasining yaratilishiga olib keldi.
Biz quyida bu fanning vujudga kelishi va u asosida tushuntirib beriladigan fizik jarayonlar bilan, aniqrog'i, kvant mexanikasi asoslari bilan tanishamiz.
Yuqorida qayd etilganidek, yorug'likning tabiati haqidagi masala fiziklar oldida turgan eng katta muammolardan biri edi. Bu muammo, ayniqsa, issiqlikdan nurlanishni o'rganishjarayoni-da yaqqol namoyon bo'ldi. Uni yechish yo'lida dadil g'oyani ilgari surgan nemis fizigi M.Plank 1900- yilda «energiya faqat kichkina porsiyalar, ya'ni kvantlar ko'rinishida chiqariladi va yutiladi», degan fikrni bildirdi. 1905- yilda A.Eynshteyn fotoeffekt hodisasi uchun o'z formulasini yozib, Plank gipotezasini yanada rivojlantirdi.
Yorug'likning har ikkala tabiatini ham tasdiqlovchi hodisalar-ning mavjudligi, u har ikkala xususiyatga ham ega emAsmikan, degan fikrning tug'ilishiga sabab bo'ldi. Bu — yorug'likning kor-puskular-to'lqin dualiznmining paydo bo'lishiga olib keldi.

Download 8,06 Mb.
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   197




Download 8,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

Download 8,06 Mb.