• Ishning nazariy asosi
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet169/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    Tayanch tushunchalar:
    kvant, kvant energiyasi, foton, fotonning energiyasi, fotonning massasi, fotonning impulsi, fotonning tez ligi.


    Mavzuga doir savollar:

    1. Plank gipotezasini ta'riflang?

    2. Plank doimiysi va uning fizik ma'nosini aytib bering.

    3. Plank gipotezasiga muvofiq atomlarning nurlanish energiyasi qanday bo'ladi?

    4. Turli chastotali elektromagnit to'lqinlar uchun kvant energiyasmi hisoblang

    5. Foton nima?

    6. Fotonning energiyasi qanday?

    7. Foton ning massasi qanday?

    8. Fotonning impulsi qanday?

    9. Fotonning tez­ ligi qanday?






    -
    MAVZU: Fotoeffekt hodisasini o‘rganish.

    Laboratoriya ishi № 17




    Ishning maqsadi: Ichki fotoeffekt hodisasini o‘rganish. Fotoelemntga ulangan iste’molchilardagi quvvatni aniqlshni o‘rganish.
    Asbob va jihozlar: Laboratoriya universal ta’minlash manbayi, yorug‘lik manbayi, milliampermetr, voltmetr, yorug‘lik filtrlari, iste’molchilar (svetodiod, parrakli dvigatel, lampochka) va ulash simlari.

    Laboratoriya universal ta’minlash manbayi

    Yorug‘lik manbayi

    Milliampermetr

    Voltmetr


















    Yorug‘lik filtrlari

    I ste’molchilar

    Ulash simalri




















    Ishning nazariy asosi:
    Yorug‘lik ta’sirida elektronlarning moddadan ajralib chiqish hodisasi tashqi fotoeffekt deyiladi. Bu hodisani 1887-yilda nemis fizigi G.Gers kashf qilgan va u 1890-yilda rus fizigi A. Stoletov tomonidan o‘rganilgan. O‘tkazgan tajribalar asosida A. Stoletov fotoeffekt uchun quyidagi qonuniyatlar mavjudligini sanab o‘tdi:

    1. Moddadan ajralib chiqayotgan elektronlar soni unga tushayotgan yorug‘lik oqimiga bog‘liq.

    2. Moddadan ajralib chiqayotgan elektronlarning energiyasi moddaga tushayotgan yorug‘lik nurining chastotasiga proporsional.

    3. Moddadan ajralgan fotoelektronlar soni yorug‘lik chastotasiga bog‘liq emas.

    4. Moddadan ajralayotgan elektronlar energiyasi yorug‘lik oqimiga bog‘liq emas.

    F otoeffektga asoslanib ishlaydigan asbobga fotoelement deyiladi. Fotoelement quyidagi tuzilishga ega: ichidan havosi so‘rib olingan shisha ballonning yorug‘lik tushadigan sirti yorug‘likka sezgir bo‘lgan yupqa modda qatlami bilan qoplanadi. Bu qatlam odatda ishqoriy metallarning turli birikmasidan (ko‘pincha surma-seziy qotishmasidan yasaladi) iborat bo‘lib, katod vazifasini o‘taydi. Balon ichiga yorug‘lik o‘tishi uchun uncha katta bo‘lmagan shaffof D darcha qoldiriladi (1-rasm). Ballon markaziga o‘rnatilgan A metall halqa anod vazifasini bajaradi. K va A halqalardan tok manbayiga ulash uchun ulash simlari chiqariladi.
    Agar atomdan ajralib chiqqan elektron moddaning ichida erkin elektronlar sifatida qolsa bunday hodisaga ichki fotoeffekt deyiladi. Ichki fotoeffekt asosan yarim o‘tkazgichlarda kuzatiladi. Ichki fotoeffekt hodisasi rus fizigi A.Ioffe tomonidan kuzatilgan. Teshikli p o‘tkazuvchnalikka va elektronli n turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan kristallardan iborat p-n o‘tish sohasiga ega bo‘lgan kristallning p sohasiga yorug‘lik nurini tushirsak, yorug‘lik nuri ta’sirida unda erkin elektronlar va teshiklar jufti hosil bo‘ladi. Yorug‘lik ta’sirida hosil qilingan erkin zaryadlar jufti diffuziya natijasida p-n o‘tish sohasiga yetib keladi va p-n o‘tish sohasining maydoni ta’sirida ular ikkiga ajraladi ya’ni p sohada teshiklarni, n-sohada elektronlarni yig‘ib oladi. Agar p va n sohalar tashqi qarshilik orqali ulanib berk zanjir qilinsa zanjir orqali tok oqa boshlaydi. Bu tok fototok (Ift) deb ataladi. Tashqi qarshilik nolga teng bo‘lgan holda zanjirdagi fototok eng katta qiymatga erishadi, tokning bu qiymati fotoelementning qisqa tutashuvtoki (Iqtt) deb ataladi. Tashqi qarshilik cheksiz katta bo‘lganda fototok nolga teng bo‘ladi va bunda tashqi qarshilikdagi kuchlanishning tushishi eng katta qiymatga erishadi. Kuchlanishning bu qiymati ochiq zanjir kuchlanishi (Uozk) deb ataladi.



    Download 8,06 Mb.
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.