|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 171/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniNazorat uchun savollar:
Fotoeffekt hodisasi deb nimaga aytiladi? Uning qanday turlari mavjud?
Fotoelement nima va undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Fotoeffekt qonunlari qaysi olimlar tomonidan o‘rganilgan?
Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasini yozing va uni tushuntiring.
Mavzu: Fotoeffekt va uning qonunlari.
REJA:
1.Fotoeffekt hodisasi va uning uchun Eynshteyn tenglamasi.
2.Vakuumli va yarimo`tkazgichli fotoelementlar.
3.Fotoeffekning texnikada qo`llanilishi.
4.Geliotexnika va uning O`zbekistondagi istiqbollari.
1 .Fotoeffekt hodisasi. Moddaga tushayotgan nurlanish ta’sirida undan elektronlarning uchib chqishiga fotoeffekt deyiladi. Fotoeffekt ikki turga bo’linadi:1) tashqi fotoeffekt;2) ichki fotoeffekt. Yorug’lik ta’sirida jismdan elektronlarning ajralib chiqib, erkin holatga o’tishi tashqi fotoeffekt deyilib u asosan metallarning to’lqin uzunligi kichik bo’lgan yorug’lik nuri bilan o’zaro ta’sirida kuzatiladi. Elektronlarning jismda bir holatdan ikkinchi holatga yorug’lik ta’sirida o’tishi ichki fotoeffekt deyiladi. Ichki fotoeffekt yarim o’tkazgichlarda sodir bo’ladi.
Fotoeffekt qonunlarini tekshirish borasida rus fizigi A.G. Stoletovning ishlari diqqatga sazovor. U ikkita elektrod va vakum shisha ballondan foydalanib (1-rasm), bu ballondagi tok kuchining elektrodlar orasidagi kuchlanisha va elektrodlardan birini yoritilish sharoitlariga bog’liqligini tekshirdi. Rasmdagi A elektrodga yorug’lik nuri tushirilsa zanjirda tok paydo bo’lganligini kuzatish mumkin. Agar yoritilgan elektrodga tok manbasining manfiy qismi ulansa, u holda avval tok kuchi kuchlanish ortishi bilan ortadi, keyin esa o’zgarmay qoladi (2-rasm), bu esa yorug’lik oqimi ta’sirida A elektroddan uchib chiqqan elektronlarning hammasi B elektrodga etib borganligini korsatadi. Yorug’lik oqimi oz’garmaganda hosil bo’ladigan eng katta fototokka to’yinish fototoki deyiladi. Tajribadan It to’yinish tok kuchi nurlanish oqimining quvvatiga to’gri proportsionalligi ma’lum bo’ladi. Yuqoridagi tajriba asosida fotoeffektning quyidagi qonunlari aniqlangan:
To’yinish tokining kuchi katodga tushayotgan yorug’likoqimiga to’g’ri proportsional.
Fotoelektronlarning kinetik energiyasi tushayotgan yorug’likning chastotasiga tog’ri proporsional va yorug’lik oqimiga bog’liq emas.
Tushayotgan yorug’lik intensivligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, fotoeffekt ma’lum chastotadan (to’lqin uzunligidan) boshlab ro’y bera boshlaydi va bu chastota katodning qanday materialdan yasalganiga bog’liq.
|
| |