Qurilmaning tuzilishi va ishlashi




Download 8,06 Mb.
bet41/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Gaz hajmining temperaturaga bog‘liqligini Gey-Lyussak qonuniga ko‘ra o‘rganish qurilmasining umumiy ko‘rinishi 1-chizmada keltirilgan. Qurilmaning asosiy qismi teng tirsakli (uzunligi 15 – 20 sm, ichki diametri 3-5 mm) Г shakldagi shisha naydan iborat. Nayning uchlari ochiq bo‘lib, ular maхsys rezina tiqini yordamida berkitiladi. Shuningdek, nayga rasmda ko‘rsatilgandek Г shakldagi darajalangan chizg’ich o‘rnatilgan. Nay vertikal holatda shtativga mahkamlanadi. Temperaturani o‘lchashda raqamli termometrdan foydalaniladi. Shtativning qisqichi bo‘shatilib, nayning gorizontal qismi plastikli vannadagi isitilgan suvga to‘liq botguncha ohista tushiriladi. So‘ngra shtativning qisqichi mahkamlanadi. Gaz hajmi kengayishining termik koeffitsiyentini hisoblash ishlari bajariladi. Nay tirsaklari bir хil ko‘ndalang kesimga ega ekanligidan (6) ifodani quyidagicha yozamiz:
(7)

1-chizma



Ishni bajarish tartibi:


  1. Raqamli termometr laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchilarni ta’minlovchi maхsus 8V li tarmog’iga ulanadi.

  2. Laboratoriya universal ta’minlash manbayi tok tarmog’iga ulanadi. Raqamli termometr ish holatiga keltirib qo‘yiladi.

  3. Nayning gorizontal o‘rnatiladigan uchi rezina tiqin bilan berkitiladi.

  4. Nayning vertical o‘rnatiladigan ikkinchi uchidan ozgina rangli suyuqlik quyiladi.

  5. Nayning vertikal o‘rnatiladigan uchi rezina tiqin bilan berkitiladi.

  6. Nay vertikal holatda shtativga mahkamlanadi.

  7. Nayning o‘ng chetidan suyuqlikkacha bo‘lgan havo qatlamining uzunligi qayd etiladi (l1).

  8. Хona harorati o‘lchanadi (t1).

  9. Shtativning qisqichi bo‘shatilib, nayning gorizontal qismi plastikli vannadagi isitilgan suvga to‘liq botguncha tushiriladi.

  10. Raqamli termometr indikatori suv ichiga tushiriladi. 3 – 5 min. atrofida kutib, suvning temperaturasi o‘lchanadi (t2).

  11. Nayning o‘ng chetidan suyuqlikkacha bo‘lgan isitilgan havo qatlamining uzunligi qayd etiladi (l2).

  12. Olingan natijalar asosida (7) ifodaga ko‘ra gaz hajmi kengayishining termik koeffitsiyenti hisoblanadi.

  13. Plastikli vannadagi suv temperaturasini ko‘tarib, tajriba yuqoridagidek takrorlanadi.

  14. O‘lchangan va hisoblangan kattaliklar qiymati quyidagi jadvalga yoziladi:







Download 8,06 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197




Download 8,06 Mb.