|
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR
|
bet | 44/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniMAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR:
Suyuqlik moddaning qanday holati hisoblanadi?
Suyuqlikning qanday xususiyatlari gazlarnikiga va qattiq jismlarnikiga o’xshaydi?
Suyuqlik molekulalari qanday harakat qiladi?
Sirt taranglik kuchlari deb qanday kuchlarga aytiladi?
Sirt tarangligi deb nimaga aytiladi va uning Sidagi birligi qanday?
Sirt qatlami energiyasi deb qanday energiyaga aytiladi?
Sirt tarangligi nimaga teng?
Absolyut namlik deb nimga aytiladi?
Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi?
Havo namligining inson organizmi uchun ta’siri bormi?
MAVZU:TOMCHI USULI BILAN SIRT TARANGLIK
KOEFFITSENTINI ANIQLASH.
Laboratoriya ishi №
Ishning maqsadi: 1.Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsentini aniqlashni o`rganish. 2. Sirt taranglik koeffitsenti hamma suyuqliklarda bir xil emasligini tajribada aniqlash.
Asbob va jihozlar: Elektron (JW - 1) tarozi, stakan, ingichga uchli shisha idish, shtativ, har xil turdagi suyuqliklar va yordamchi aslahalar.
Ishning nazariy asosi:
Suyuqlik sirtidagi molekulalarga ichki molekulalar tomonidan suyuqlik ichiga yo`nalgan kuch ta`sir qiladi. Shuning uchun suyuqlik sirtida sirt tarangligi hosil bo`lib, u doim suyuqlik yuzasini qisqartirishga intiladi. Ayni paytda suyuqlikka shu sirtini saqlab turuvchi sirt taranglik kuchi ta`sir qiladi. Bu kuchning kattaligini quyidagicha ifodalash mumkin.
F=α·L, (1)
Bunda L sirt perimetri; α – sirt taranglik koeffitsenti. Sirt taranglik koeffitsenti deb, sirtning birlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchga aytiladi va u N/m da o`lchanadi.
Faqat bitta tomchi uchun sirt taranglik koeffitsentini topishda α·L kuch bitta tomchining og`irlik kuchiga tenglashtiriladi, ya`ni:
α·L= m0g (2)
bunda; m0 – bitta tomchining massasi, L suyuqlik tomadigan kapillyar nay uchining ichki aylanasi uzunligi, ya`ni, perimetri.
Bitta tomchining massasi m0 ni – topish uchun n ta tomchining massasi tomchilar soniga bo`linadi.
mo = (3)
Shunday qilib, kapillyarning ichki perimetri L=πd ekanligini hisobga olsak, (2) ni quyidagicha yozish mumkin.
(4)
Bundan suyuqlik sirt taranglik koeffitsenti α topiladi. (5)
|
| |