|
QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI
|
bet | 45/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniQURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI.
Q urilma og`ir taglik (5) ning vertikal ustunchasiga (4) tik maxkamlangan ventilli kapillyar idish (1) va stakan yoki menzurkadan (3) tashkil topgan. Ventil (2) ochilganida suyuqlik (masalan, suv) stakanga tomchilab (7) tushadi. Tomchilar soni sanaladi. So`ngra stakandagi suv elektron tarozida tortiladi. Tarozi ko`rsatishidan stakan massasini ayirib tashlab, oqib tushgan suyuqlik massasi topiladi. Yuqoridagi o`lchashlar har xil turdagi suyuqliklar bilan takrorlanadi. Tajribada topilgan natijalar asosida suyuqliklarning sirt taranglik koeffitsenti hisoblanadi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI:
Laboratoriya ishining yo`riqnomasining o`qib o`rganing.
Shisha idish uchining ichki perimetri va uning diametrini aniqlang.
Quruq stakan massasini tarozida tortib aniqlang.
Suyuqlik solinadigan idishga o`rganiladigan suyuqlikni quying.
Shisha idishidan stakanga suyuqlikning sekin kapillyar orqali tomchilab
oqishini ta’minlang va tomchilar sonini sanang.
Suyuqlikli stakan massasini elektron yoki shayinli tarozida tortib aniqlang.
Yuqoridagi 6 va 3 bandlardagi massalar ayirmasini toping.
Sirt tarangligi koeffitsentini (5) formuladan toping.
1 0.Aniqlangan natijalarni adabiyotlarda keltirilgan natijalar bilan solishtiring.
Nazorat uchun savollar:
Sirt tarangligi nima, u qanday hosil bo`ladi?
Sirt taranglik koeffitsentlarining fizik ma`nosi nima?
Sirt tarangligining tempereturaga bog`likligini qanday tushuntirasiz?
Laboratoriya ishining asosiy formulasini keltirib chiqaring.
|
| |