|
Sistemaning ichki energiyasi. Ichki energiya
|
bet | 53/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniSistemaning ichki energiyasi. Ichki energiya. Termodinamik sistema ko`plab molekulalar va atomlardan tashkil topgan va ma'lum ichki energiyaga ega. Termodinamik sistemaning ichki energiyasi deb, molekulalarning o`zaro ta'sir energiyalari va ularning issiqlik harakat energiyalarining yig`indisiga aytiladi yoki jismni tashkil qilgan molekulalarning kinetik va potensial energiyalarining yig`indisiga jismning ichki energiyasi deyiladi.
Agar gaz qizilsa, molekula va atomlarning tezliklari ham ortadi, bu esa ichki energiyaning ortishiga olib keladi. Agar bosim yoki solishtirma hajm o`zgartirilsa, bu ham ichki energiyaning o`zgarishiga olib keladi.
Istalgan miqdordagi ideal gazning ichki energiyasini quyidagicha topish mumkin:
Issiqlik sig`imi. Turli hil moddalarning issiqlik sig`dirish qobiliyatlari turlicha bo`lib, buni xarakterlash maqsadida issiqlik sig`imi tushunchasi kiritiladi.
Jismning issiqlik sig`imi (C) deb, uning temperaturasini 1K (Kelvin) ga o`zgartirish uchun kerak bo`ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi:
C = Q 1J = 1 J
T 1K K
Bu yerda T=T2-T1- jismning keyingi va oldingi temperaturalarining farazi. Q-issiqlik miqdori
Ba'zan turli xil moddalardan yasalgan jismlarning issiqlik sig`imlarini solishtirish zarurati paydo bo`ladi. Buning uchun esa teng massali jismlarning sig`imlarini bilish kerak.
Solishtirma issiqlik sig`imi deb, 1 kg massali jismning temperaturasini 1K ga o`zgartirish uchun kerak bo`ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi:
C = C = Q 1J = 1 J
m m.T 1 kg.K kg.K
Turli moddalarning solishtirma issiqlik sig`imlarini o`lchash va solishtirish uchun kalorimetr deyiluvchi asboblardan foydalaniladi.
Kalorimetrda jismlar orasidagi issiqlik almashinuvi tashqi muhitdan ajratilgan holda ro`y beradi.
Ichki energiyaning o`zgarishi. Gaz hajmining o`zgarishida tashqi kuchlarga qarshi bajargan ishi bilan tanishaylik. Silindr shaklidagi idishda porshen ostida gaz turgan bo`lsin. Gaz kengayib, porshen yeksiz kichik l ga surilsin. Hajmning kengayishini juda kichik hisoblab, bosim o`zgarmay qoladi (P=const) deb olamiz. Endi gazning kengayishida bajargan ishini topaylik:
A=F.l=p.s.l=p. V
Bu yerda F=P.S va S.l=V
Gazning tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishi natijasida uning ichki energiyasi kamaydi, ya'ni hajm ortib,molekulalarning orasidagi o`rtacha masofa ham ortadi, bu esa ular orasidagi o`zaro ta'sir energiyasining kamayishiga olib keladi.
Gaz siqilgandaesa tashqi kuchlarning gaz ustida bajargan ishi hisobiga ichki energiya ortadi.
|
| |