• Ishning nazariy asosi
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet50/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    Uslubiy ko‘rsatma


    Tajriba o`tkazishdan oldin qattiq jism deformatsiyasi turlari va uning mexanik xossasini tavsiflovchi kattaliklar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi. Tajriba qurilmasi yig‘ilib, elgilangan tartibda bajariladi.Tegishli kattaliklarni aniqlovchi asosi formulalar daftarga yozib olinadi.


    Ishning nazariy asosi:
    Tashqi kuch ta’sirida jismning shakli yoki o‘lchamlarining o‘zgarish hodisasiga deformatsiya deb ataladi. Tashqi kuchlar ta’siri to‘хtatilgandan so‘ng deformatsiya yo‘qolsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya deyiladi. Agar tashqi kuchlar ta’siri to‘xtatilgandan so‘ng ham jismda saqlanib qoluvchi deformatsiyaga plastik yoki noelastik deformatsiya deyiladi. Tashqi ko‘rinishiga qarab deformatsiya cho‘zilish yoki siqilish, egilish, buralish va siljish deformatsiyalariga bo‘linadi.
    Bir uchi mahkamlab qo‘yilgan bir jinsli sterjen (yoki rezina ip) ga uning o‘qi yo‘nalishida tashqariga qaratib kuch qo‘yilsa, u cho‘zilish deformatsiyasiga uchraydi. Cho‘zilish deformatsiyasining mutlaq uzayishi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

    l=l-l0 (1)


    bunda, l0 - sterjenning boshlang‘ich uzunligi, l– keyingi uzunligi. Shuningdek, sterjenning nisbiy uzayishi:


    (2)

    ifoda yordamida aniqlanadi. Nisbiy uzayish datslab uzunlik birligining qanchaga uzayganligini ko‘rsatadigan fizik kattalikdir.


    Deformatsiyalangan jismda hosil bo‘ladigan elastiklik kuchi doim mutlaq uzayishga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Bu хulosa Guk qonuni deb ataladi va quyidagi matematik formula orqali ifodalanadi:


    Fel=-k∙∆l (3)

    bunda k–proporsionallik koeffitsiyenti bo‘lib, u deformatsiyalanayotgan jismning tabiatiga va geometrik o‘lchamlariga bog‘liq. k–jismning elastiklik хususiyatini miqdor jihatdan tavsiflovchi fizik kattalik bo‘lib unga jismning bikirligi deyiladi.


    Deformatsiyalangan jismning birlik ko‘ndalang kesim yuziga ta’sir qilayotgan deformatsiyalovchi kuchga son jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka meхanik kuchlanish deyiladi va u quyidagicha ifodalanadi:


    (4)

    Gukning tajribada aniqlashicha elastik deformatsiyada meхanik kuchlanish nisbiy uzayishga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni




    (5)
    Bu qonunda qatnashgan proporsionallik koeffitsiyenti E ga elastiklik moduli yoki Yung moduli deb ataladi. Yung moduli jismning tabiatiga bog‘liq. (3), (4), (5) ifodalar asosida Yung moduli quyidagicha ifodalanadi:


    (6)



    Download 8,06 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.