|
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
|
bet | 51/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniQurilmaning tuzilishi va ishlashi
Jismlarning cho‘zilish deformatsiyasini o‘rganish va Yung (elastiklik) modulini aniqlash qurilmasining umumiy ko‘rinishi 1-rasmda keltirilgan. Qurilma bir jinsli rezina ip, shtativ va yuklar to‘plamidan iborat. Shuningdek, rezina ipning uzunligini o‘lchash uchun chizg‘ich va diametrini o‘lchash uchun shtangensirkul berilgan. Rezina ipning bir uchi shtativning qisqichiga mahkamlangan. Yuk osish uchun ikkinchi uchiga ilgak o‘rnatilgan.
1-rasm
Qurilmani yig‘ib bo‘lgach, ilgakka yuk osiladi va o‘lchash ishlari olib boriladi. Ilgakka ilinadigan yuklar soni oshirilib tajriba davom ettriladi.
Ishni bajarish tartibi:
Rezina ip shtativ qisqichiga mahkamlanadi.
Rezina ipning ikkinchi uchiga ilgak o‘rnatiladi.
Rezina ipning uzunligi chizg‘ich yordamida o‘lchanadi (l0).
Rezina ipning diametri shtangensirkul yordamida o‘lchanadi (d).
Massasi aniq bo‘lgan yuklardan biri rezina uchidagi ilgakka osiladi. (Osilgan yukning og‘irligi son jihatidan ipda yuzaga kelgan elastiklik kuchining kattaligiga teng bo‘ladi, ya’ni F=mg).
Yuk osilgandan so‘ng rezina ipning uzunligi chizg‘ich yordamida o‘lchanadi (l).
(1) ifodaga ko‘ra rezina ipning mutlaq uzayishi hisoblanadi.
Yuklar sonini oshirib tajriba takrorlanadi.
(2) ifodaga ko‘ra rezina ipning nisbiy uzayishi hisoblanadi.
ifodaga asosan rezina ipning ko‘ndalang kesim yuzasi hisoblanadi.
(4) ifodaga ko‘ra rezina ipda yuzaga kelgan mexanik kuchlanish hisoblanadi.
(6) ifodaga ko‘ra Yung moduli hisoblanadi.
13.Tajribadan olingan natijalar asosida quyidagi jadval to‘ldiriladi.
№
|
l0
|
l
|
∆l
|
ε
|
d
|
S
|
σ
|
E
|
Yuklar soni 1 ta
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yuklar soni 2 ta
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yuklar soni 3 ta
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |