MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO’YICHA SAVOLLAR




Download 8,06 Mb.
bet59/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO’YICHA SAVOLLAR
1)Termodinamikaning II qonuni?
2)Termodinamikaning II qonunining ahamiyati nimada?
3)Issiqlik miqdori temperaturasi past jismdan temperaturasi yuqori jismga o'tadimi?
4)Ikkinchi tur” perpetuum mobile” ni g'oyasi nimadan iborat?

  1. Ikkinchi tur perpetuum mobileni yasash mumkinmi?

  2. Okean suvlarining temperaturasini bir gradusga pasaytirishga
    erishilsa, qancha issiqlik miqdori ajratib olish mumkin?

  3. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffisiyenti nimalarga bog’liq?

  4. Issiqlik ishga aylanishi uchun qanday shartlar bajarilishi kerak?





-
MAVZU: Issiqlik mashinalari va ularning ishlash prinsiplari.
REJA: 1. Issiqlik dvigatellari tarixidan.
2. Issiqlik mashinasi. Karno sikli.
3. Issiqlik mashinasining FIK.Sovitkichlar.
4. Issiqlik dvigatellari.
TAYANCH IBORALAR: Issiqlik mashinasi;; Karno sikli; issiqlik dvigatellari; bug’mashinasi; ichki yonish dvigateli; karbyuratorli dvigatel; dizel; reaktiv dvigatel; sovitkichlar.
Issiqlik dvigatellari tarixidan. XVIII asrning ikkinchi yarmida sanoatning rivojlanishi insoniyatni mehnat unumdorligini orttiruvchi qurilmalarni ixtiro qilishga undadi. Birinchi bug' dvigatelining loyihasi.

Rossiyada 1765 yilda I. Polzunov tomonidan yaratildi. Ingliz ixtirochisi I. Uatt 1784 yilda bug' dvigatelini ixtiro qildi. Lekin bu qurilmalar unumdorligining juda pastligi frantsuz injeneri Sadi Karno ni issiqlik mashinalarini takomillashtirish yo'llarini izlashga da'vat etdi.
Issiqlik dvigateli. Issiqlik dvigateli deb yoqilg'ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga aytiladi.
I

ssiqlik dvigatelining ish printsipi. Bir tsiklda temperaturali isitkichdan Q issiqlik miqdori olinib, Ge temperaturali sovitkichga Q2 issiqlik miqdori qaytariladi va A = Qt — Q2 miqdordagi ish bajariladi.


Isitkichdan issiqlik miqdori olgan ishchi modda kengayib ish bajaradi. Yoqilg'ining sinishi natijasida isitkichning temperaturasi 7 o'zgarmas bo'lib qoladi. Siqilishda ishchi modda temperaturali sovitkichga uzatadi. Issiqlik dvigateli tsiklik ravishda ishlashi kerak. Aylanma jarayon yoki tsikl deb sistema bir qancha xolatlardan o'tib, dastlabki holatiga qaytadigan jarayonga aytiladi. Scat strelkasi aylanishi bo'ylab ro'y beradigan jarayon (gaz oldin kengayib, keyin siqiladi) to'g'ri tsikl, soat strelkasi aylanishiga teskari yo'nalishda (gaz oldin siqilib, keyin kengayadi) ro'y beradigan jarayon esa teskari tsikl deyiladi. Issiqlik mashinalari to'g'ri tsikl, sovitkichlar esa teskari tsikl asosida ishlaydi. Tsikl tugaganda ishchi modda o'zining dastlabki holatiga qaytadi, ya'ni uning ichki energiyasi boshlang'ich qiymatiga ega bo'ladi.
Karno sikli. Karno tsikli ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan tashkil topgan. Jarayonda ideal gaz isitkichdan olingan issiqlik miqdori hisobiga izotermik kengayib, ish bajaradi. T= const bo'lganidan gazning ichki energiyasi o'zgarmaydi. Jarayonda gaz adiabatik kengayib, ichki

energiyasixisobigaishbajaradi. CHunkibuJarayondagazissiqlikmiqdoriolmaydi. 3 — 4 izotermiksiqilishdaajraladiganbarchaQissiqqlikmiqdorisovitkichgauzatilib, ichkienergiyao'zgarmaydi. Ф—1- adiabatik siqilishda bajarilgan ish gaz ichki energiyasining ortishiga sarflanadi. SHunday qilib, ideal gaz o'zining dastlabki xolatiga qaytadi va ichki energiyasini tuda tiklaydi. Tsikl davomida ideal gaz isitkichdan Q, issiqlik miqdorini oladi va sovitkichga Q2 issiqlik miqdori beradi. Termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq, Qi — Q2 issiqlik miqdori ish bajarishga sarflanadi va tsikl o'rab turgan yuzaga teng.
Issiqlik dvigatelining foydali ish koeffitsienti. Issiqlik dvigatelining yoki Karno tsiklining foydali ish koeffitsienti (FIK) deb quyidagi kattalikka aytiladi.
FIK =(Q1-Q2)/Q1 (1)
Shuningdek. Karno siklining FIK ni isitkichning T1 va T2 temperaturalari orqali ham ifodalash mumkin:
FIK =(T1-T2)/T1 (2)
Demak, issiqlik mashinasining FIK ishchi moddaning turiga bog’liq bo’lmay, balki isitkichning va sovitkichning temperaturalari bilangina aniqlanadi.
(1)ifodadan yana quyidagi hulosa kelishi mumkin:
1) issiqlik mashinasining FIK ni ko’tarish uchun isitkichning temperaturasini oshirish, sovitkichning temperaturasini esa pasaytirish kerak;
2) issiqlik mashinasining FIK doimo birdan kichik bo’ladi.

Download 8,06 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   197




Download 8,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO’YICHA SAVOLLAR

Download 8,06 Mb.