• MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BOYICHA SAVOLLAR
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet61/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    Reaktiv dvigatel. 70- rasmda reaktiv dvigatelning sxemasi keltiril-gan. Uning ish prinsipi quyidagicha. Samolyot uchganda qarshidan kelayotgan havo oqimi bosim hosil qiladigan soplo orqali o'tib, forsunka sochayotgan yoqilg'ini qo'shib oladi. Hosil bo'lgan ishchi yoqilg'i so'ngra yonish kamerasiga tushadi va o't oldiruvchi svecha yordamida yonadi. Ishchi aralashmaning yonishi natijasida hosil bo'lgan gazlar katta tezlik bilan chiqarish tirqishi — soplo orqali chiqarib

    tashlanadi. Aralashmaningyonishibosimningkeskinortishigaolibke­ladivanatijadasoplodanchiqadigangazningtezligidvigatelgakirayotgangazningtezligidanjudakattabo'ladi. Aynanshutezliklarfarqinatijasidaharakatmiqdoriningsaqlanishqonunigamuvofiq, reaktivtortishkuchivujudgakeladi.
    Hozirgi issiqlik mashinalarining FIK 40% dan (ichki yonish dvigatellari) 60% gacha (reaktiv dvigatellar) bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham olimlar mavjud dvigatellarni takomillashtirish yo'lida tinimsiz izlanishlar olib borishmoqda. Shu bilan birga, ichki yonish dvigatellarining tinimsiz ko'payib borayotganligi tabiatga va atrof-muhitga katta xavf tug'dirmoqda. Ekologik toza dvigatellarni yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
    Issiqlik dvigatellari texnikani, ayniqsa, energetika va transportni rivojlantirishda katta o'rin tutgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Bug' mashinalarining yaratilishi mashinasozlik sanoatida juda katta ahamiyatga ega bo'ldi, paroxod (1807- y.) va parovoz-ning (1814- y.) ixtiro qilinishi uchun qulayliklar yaratib berdi. K. Lavalning bug' turbinalarini (1889- y.) ixtiro qilishi elektro-stansiyalar quvvatining keskin ortishiga sabab bo'ldi. Hozirgi vaqtda bug' turbina — issiqlik va atom elektrostansiyalarida asosiy birlamchi dvigatel bo'lib xizmat qiladi.


    MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR:



    1. Issiqlik mashinasi deb qanday qurilmaga aytiladi?

    2. Issiqlik mashinasining ish prinsipi nimadan iborat?

    3. Issiqlik mashinasi qanday tuzilgan?

    4. Sikl deb nimaga aytiladi va uning qanday turlari mavjud?

    5. Qanday mashinalar to’g’ri siklda ishlaydi? Teskari siklda-chi?

    6. Karno sikli deb nimaga aytiladi?

    7. Karno siklida ish nima hisobiga bajariladi?

    8. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffisenti deb nimaga aytiladi?

    9. Issiqlik mashinasining FIKni ko’tarish uchun nima qilish kerak?

    10. Issiqlik mashinasining FIKning kichik bo’lishiga sabab nima?






    Download 8,06 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.