• Issiqlik dvigatellari.
  • Ichki yonish dvigateli.
  • Karburatorli dvigatel.
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet60/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    Sovitkichlar. Sovitkichlar teskari sikl prinsipida ishlaydi. Ish bajarish hisobiga sistemadan ma’lum miqdordagi issiqlik miqdori olinadi. Boshqacha aytganda, issiqlik miqdori sovuqroq jismdan issiqroq jismga o’tkazailadi va mashina sovitgichga aylanadi. Eng keng tarqalgan sovitish mashinasi, bu xo’jalik muzlatgichlaridir.
    Issiqlik dvigatellari. Issiqlik dvigatellariga bug' mashinasi, bug' turbinasi, ichki yonish dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi.
    Bug' mashinasi. Bug' mashinalari va bug' turbinalarida isitkich vazifasini bug' qozoni, ishchi modda vazifasini bug', sovitgich vazi-fasini esa atmosfera yoki ishlatilgan bug'ni sovitish qurilmasi — I kondensatorbajaradi.
    Ichki yonish dvigateli. Ichki yonish dvigatelida isitkich va ishchi modda vazifasini yonilg'i, sovitgich vazifasini esa atmosfera o'taydi.
    Odatda, yonilg'i sifatida benzin, spirt, kerosin va dizel yoqilg'isi ishlatiladi. Maxsus qurilma (masalan, benzinli dvigatellarda karburator) yordamida yonilg'i va havo aralashma ko'rinishida tayyorlanib, silindrga uzatiladi. Silindrda esa aralashma yonadi. Yonish mahsulotlari esa atmosferaga chiqarib tashlanadi. Endi ba'zi turdagi dvigatellarga batafsil
    to'xtalamiz.
    Karburatorli dvigatel. To'rt taktli karburatorli dvigatelning ish I prinsipi va ishchi diagrammasini ko' raylik . Tashqi kuchlar ta'sirida porshen pastga qarab harakatlanganda, kiritish klapani ochilib, ishchi aralashma silindrga, tushadi.

    Jarayon atmosfera bosimi ostida izobarik ravishda ro'y beradi. Porshen eng quyi holatga yetganida kiritish klapani yopilib, birinchi takt (surish takti) tugaydi: grafikdajarayon 0— 1 to'g'ri chiziq bilan ko'rsatilgan. Ikkinchi (qisish) takti ham (69- b rasm) tashqi kuch ta'sirida ro'y beradi.
    Har ikkala klapan ham yopiq va gaz adiabatik ravishda qiziydi. Bu grafikda 7 — 2 chiziqqa to'g'ri keladi. Uchinchi takt ish jarayonida chaqnab yonish . Porshen eng yuqori holatga yetganida o't oldiruvchi svecha uchquni aralashmani yoqadi va gazning bosimi keskin ortadi. Grafikda bu 2 3 izoxorik jarayonga mos keladi. Kla­pan yopiq turib, porshen pastga qarab harakatlanadi, ya'ni adiabatik ravishda kengayadi. 3—4 chiziq ishchi yiirish deyiluvchi taktga to'g'ri keladi . Ko'rinib turibdiki, bu taktda gazning bosimi pasayadi, hajmi ortadi, temperaturasi pasayadi. Bu holda bajarilgan ish musbat bo'lib, u gaz ichki energiyasining kamayishi hisobiga bajariladi. To'rtinchi takt chiqarib tashlash . Porshen eng pastga yetganida chiqarish klapani ochilib, yonish mahsulotlari chiqarish moslamasi orqali atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Gazning bosimi pasayadi va takt oxirida atmosfera bosimiga teng bo'lib qoladi. Grafikda bu izoxorikjarayon 4— chiziq bilan ko'rsatilgan. Porshen maxovik niergiyasi hisobiga yuqori holatiga qaytadi va takt tugaydi.
    Ko'rilgan yopiq jarayonda — bajarilgan ish jarayonlar chiziqlari bilan ajratilgan, shtrixlangan shaklning yuzasiga teng bo'ladi. Grafik-iii lahlil qilish shuni ko'rsatadiki, 3— 4 qismdagi kengayish 1 — 2 qisimlagi qisilishga nisbatan kattaroq bosimda ro'y beradi. Aynan shuning nalijasida dvigatel foydali ish bajaradi. 3 2 va 4 — / izoxorik jarayonlarda (V= const) ish nolga teng va yuqorida qayd etilganidek, foydali ish adiabatik kengayish va siqilishlarning farqlari bilan aniqlanadi.
    Amalda ichki yonish dvigatellarining FIK 20 — 30% ni tashkil etadi. Ularning FIK ni orttirish uchun esa aralashmani ko'proq siqish kerak. Lekin ichki yonish dvigatellarida yonilg'i aralashmasini qattiq siqish mumkin emas, chunki siqilgan yonilg'i qizib, o'z-o'zidan yonib ketishi mumkin. Bu esa dvigatelning ish prinsipini buzadi.
    Dizel. Olmon muhandisi Dizel yuqoridagi qiyinchiliklardan xoli va FIK ancha yuqori bo'lgan dvigatelni yaratdi. Dizellarda siqish darajasi ancha yuqori bo'lib, uning oxirida havoning temperaturasi, yoqilg'i o'z-o'zidan o't olishi uchun yetarli darajada baland bo'ladi. Yoqilg'i esa karburatorli dvigatellarnikidek birdaniga emas, balki asta-sekin, porshen harakatining biror qismi davomida yonadi. Yoqilg'ining yonish jarayoni ishchi bo'shliqning hajmi ortib borishi davomida ro'y beradi. Shuning uchun ham gazlarning bosimi ish davomida o'zgarmay qoladi. •, Shunday qilib, dizelda aralashmaning yonish jarayoni o'zgarmas : bosimda ro'y beradi. Karburatorli dvigatellarda esa bu jarayon o'zgarmas hajmda ro'y berar edi. Dizel, karburatorli dvigatelga qaraganda tejamkorroq bo'lib, FIK ham ancha yuqori, qariyb 40% ni tashkil i' qiladi. Uning quvvati ham ancha katta bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, ancha arzon yoqilg'ida ham ishlayveradi. Dizellar statsionar qurilmalarda, temir yo'l, havo va suv transportlarida keng qo'llaniladi. Hozirgi paytda kichik quwatli dizellar avtomashina va traktorlarda
    ham ko'p ishlatilmoqda.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.