|
-
MAVZU: Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni
|
bet | 62/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniMAVZU: Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni.
O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish
va uning istiqbollari.
REJA:
1.Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni
2. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish.
3. Tabiatni muhofaza qilish.
TAYANCH IBORALAR:
Ichki yonuv dvigatellarining yaratilishi avtomobilsozlik va aviatsiyani hayotga olib keldi. Gaz turbinalarining kashf etilishi samolyotlar tezligining va yuk ko'tarish qobiliyatining keskin ortishiga sabab bo'ldi, reaktiv dvigatellarning ixtiro qilinishi esa Koinotga uchish haqidagi asrlab qilingan orzularni ro'yobga chiqardi.
Ichki yonuv dvigatellari qishloq xo'jaligida va qurilish texnikasida (traktorlar, kombaynlar, avtomashinalar, buldozerlar, ekskava-torlar va boshqa mashinalar) katta rol o'ynaydi.
Hozirgi vaqtda issiqlik dvigatellari — yonilg'i energiyasini energiyaning boshqa turlariga aylantirib beruvchi asosiy vosita desak, mubolag'a bo'lmaydi va ularsiz hozirgi zamon taraqqiyotiga erishib bo'lmas edi.
Issiqlik dvigatellarining hamma turlari yonilg'i energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Yonilg'ining barcha turlari to'la yonadi, deb bo'lmaydi, bundan tashqari, ularning tarkibida oltingugurt (ko'mir taxminan — 2%, neft — 2,5%, gaz — 0,05%) va boshqa aralashmalar mavjud bo'ladi, shuning uchun atmosferaga chiqariladigan ishlatib bo'lingan gazlar atmosferani jonivor va o'simliklar dunyosi uchun zararli moddalar bilan ifloslantiradi.
Hozirgi vaqtda har yili yonilg'ini yoqish natijasida atmosferaga 200 mln t uglerod (II) oksidi, 150 mln t oltingugurt (IV) oksidi, 50 mln t atrofida azot (II) oksidi, 250 mln t changlar, 70 mln m3 qo'rg'oshin va boshqa metallar birikmalari chiqadi.
Atmosferaga chiqarib yuborilgan chala yongan mahsulotlar havodagi suv bug'lari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Masalan, biror birikmalar (CO2, SO2, H2S va boshq.) suv bilan reaksiyaga kirishadi va kislotalar eritmasi (aralashma) ning tomchilari ko'rinishida yuz, hatto minglab kilometr masofaga tarqaladi. Yer yuziga kislotali yomg'ir deb ataluvchi yomg'ir yog'adi, bu esa insonlarning sog'liqlariga, o'simlik va hayvonot dunyosiga zararli ta'sir ko'rsatadi, metallarning zanglashini tezlashtiradi, marmar va ohaktoshdan qurilgan inshootlarni ishdan chiqaradi, tuproqni va suv havzalarini ifloslantiradi. Bizni o'rab turgan muhitga issiqlik dvigatellaridan atmosferaga chiqadigan azot va uglerod oksidlari ham zararli ta'sir ko'rsatadi.
So'nggi yillarda barcha mamlakatlarda atrof muhitni muhofaza qilishga juda katta e'tibor qilinmoqda. Atrofdagi havoni ishlayotgan issiqlik dvigatellari ifloslantirishini kamaytirish uchun: a) yonilg'ining to'laroq yonishini ta'minlash; b) elektrostansiyalar va ichki yonuv dvigatellarining o'txonalaridan ajralib chiqadigan gazlarni yaxshi tozalash; v) „tozaroq" yonilg'ini izlab topish zarur.
Yonilg'i to'la yonishi uchun ichki yonuv dvigatelining yonilg'i aralashmasiga vodorod qo'shiladi, toshko'mirda ishlaydigan elektrstansiyalarida esa ko'mirni maydalab ko'mir kukuniga aylantiriladi. Avtomobil dvigatellarida yonilg'i to'la yonishi uchun dvigatelning ishlash rejimi juda katta ahamiyatga ega.
Ayniqsa, ishlangan va yonishdan hosil bo'lgan gazlarni yaxshilab tozalash uchun ko'p ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda yonilg'iga maxsus qo'shilmalar qo'shiladi, shuningdek, gazlarni atmosferaga chiqarishdan oldin maxsus ishlov beriladi. Masalan, elektr stansiyalarda ko'mir kukuniga (yoki mazutga) changsimon ohak aralashtiriladi, bunda oksidlar u bilan reaksiyaga kirishadi. Yonishdan hosil bo'lgan gazlarni CO va CO2 dan tozalash uchun maxsus katalizatorlar o'rnatiladi, bu katalizatorlar ishtirokida gazlar havodagi vodorod bilan reaksiyaga kirishadi.
Tabiatni muhofaza qilish. Tabiatning oliy mahsuli bo'lmish inson, qolaversa boshqa jonzotlar ham shu tabiatning bir qismidir. Ular yashashi va rivojlanishi uchun esa zarur ne'matlar — toza havo, toza suv va toza mahsulotlar kerak. Biz nafas oladigan havo Yer atmosferasini tashkil qiluvchi gazlarning aralashmasidir. Uning tarkibida kislorod, azot, vodorod va boshqa tabiiy gazlardan tashqari chang, tutun, tuz zarralari va boshqa aralashmalar mavjud. Bundan tashqari, havo tarkibida sanoat chiqindilari ham bo'ladi.
Issiqlik dvigatellarining ko'p miqdorda ishlatilishi ham atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi paytda har yili 2 milliard tonna ko'mir va 1 milliard tonna neft yoqiladi. Bu esa Yerdagi temperaturaning ko'tarilishiga va natijada muzliklarning erib, okeanlardagi suv sathining ko'tarilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, atmosferaga 120 million tonna kul va 60 million tonnagacha zaharli gaz chiqarib tashlanadi.
Dunyodagi 200 milliondan ortiq avtomobil har kuni atmosfera-ni uglerod (II) oksid, azot va uglevodorodlar bilan zaharlaydi. Issiqlik va atom elektr stansiyalari quwatlarining ortishi bilan suvga bo'lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Shuning uchun hozir havo va suv havzalarining ifloslanishidan saqlanishning bevosita va bilvosita usullaridan foydalaniladi. Bevosita usul — bu turli tutunlar va gazlarni tozalab chiqarish; atmosferani kam ifloslantiradigan yoqilg'ilar — tabiiy gaz, oltingugurtsiz neft va boshqalardan foydalanish; benzinsiz yuradigan avtomobil dvigatellarini yaratish va hokazolar.
Bilvosita usullar atmosferaning pastki qatlamidagi zaharli moddalar konsentratsiyasining keskin kamayishiga olib keladi. Bular chiqindi chiquvchi manbalarning balandligini orttirish, meteorologik sharoitlarini hisobga olib aralashmalarni havoga sochib yuborishning turli usullaridan foydalanish va hokazolar.
Yer maydoni va suv zaxiralaridan oqilona foydalanish maqsadida Usa suv ta'minotinlng yopiq sikli asosida ishlovchl elektrostansiyalar majmuasini qurish nazarda tutiladi.
Hozirgi paytda havoga kul, chang, qorakuya, zaharli gazlar chiqaradigan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa korxonalarni tozalash qurilmalarisiz ishga tushirish taqiqlangan. Tabiatga ziyon keltiradigan korxonalar, odatda, shahar tashqarisida qurilmog'i kerak. Ko'kalam-zorlashtirish ishlarining ko'lamini esa iloji boricha kengaytirish maqsadga muvofiqdir.
|
| |