|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 65/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matni3.Elеktr maydon bajargan ishi. Elektr maydoniga kiritilgan zaryadga maydon tomonidan elektr kuchi ta’sir qiladi. Bu kuch ta’sirida zaryad elektr maydon yo’nalishida (q>0, bo’lganda) yoki unga teskari yo’nalishda (q<0, bo’lganda) ko’chadi va bunda elektr maydoni ish bajaradi. Bu ishni aniqlaylik. Elektr zaryadi bir jinsli elektr maydonida joylashgan bo’lsin. Zaryadning koordinatasini aniqlash maqsadida XOU koordinata tekisligidan foydalanamiz. X o’qini maydon kuchlanganligi bilan bir tomonga yo’nalishda tanlaymiz (1-rasm). Musbat ishorali zaryadga maydon tomonidan ta’sir etayotgan kuch ham X o’qi bilan bir tomonga yo’nalgan bo’ladi. Agar maydondagi zaryad kuch ta’sirida s yo’l bo’ylab N nuqtadan M nuqtaga ko’chgan bo’lsa, uni ko’chirishda elektr kuchining bajargan ishi qo’yidagicha aniqlanadi:
A=F×s×cos = q×E×s×cos (4)
Bu erda kuch bilan ko’chish orasidagi burchak. Bu ifodaga asosan zaryadga ta’sir qilayotgan kuch yo’nalishi bilan zaryadning ko’chish yo’nalishi o’zaro perpendikulyar (a=90O) bo’lsa, bu kuchning bajargan ishi nolga teng bo’ladi. (1-rasm) ekanligidan (4) tenglik
(5)
ko’rinishga keladi. Endi elektrostatik maydonda q zaryadni NVM siniq chiziq bo’ylab ko’chirishda bajarilgan ishni hisoblaylik. Ish skalyar kattalik bo’lganligi uchun NVM yo’lda bajarilgan ish NB va VM yo’llarda bajarilgan ishlarning algebraik yig’indisiga teng bo’ladi,
(6)
Zaryadni ko’chirishdagi A1 va A2 ishlar xuddi zaryadni NM yo’l bo’ylab ko’chirishda bajarilgan ish kabi aniqlanadi, ya’ni:
va . (7)
va mos ravishda s1 va s2 ko’chish vektorlarining X o’qdagi proektsiyalari. U holda (7) ifodalarga ko’ra (6) tenglik qo’yidagi ko’rinishga keladi:
(8)
(5) ifodadan quyidagi xulosa kelib chiqadi. Bir jinsli elektr maydonida zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish ko’chish yo’lining shaСiga bog’liq bo’lmay, faqat zaryad ko’chgan nuqtalarning boshlang’ich va oxirgi vaziyatlari (ya’ni )ga bog’liq bo’ladi, bunday maydon potentsial maydon deyiladi. Demak, elektrostatik maydon potentsial maydon ekan. SHuning uchun elektrostatik maydonda zaryadni yopiq kontur bo’ylab ko’chirishda bajarilgan ish doimo nolga teng bo’ladi. Bajargan ishi zaryadning harakat traektoriyasiga bog’liq bo’lmagan kuchga konservativ kuch deyiladi. Demak elektrostatik kuchi ham, xuddi og’irlik, elastiСik kuchlari kabi konservativ kuch hisoblanadi.
|
| |