Elektr maydonidagi nuqtaviy zaryadning potentsial energiyasi. Ish va potentsiallar farqi orasidagi o’zaro bog’lanish




Download 8,06 Mb.
bet66/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

Elektr maydonidagi nuqtaviy zaryadning potentsial energiyasi. Ish va potentsiallar farqi orasidagi o’zaro bog’lanish
Har qanday kuch ta’siri ostida turgan jism potentsial energiyaga ega bo’ladi. Elektr maydonida turgan har qanday zaryadlangan jism ham elektr kuchi ta’siri ostida turganligi uchun potentsial energiyaga ega bo’lishi kerak. Bajarilgan ish esa doim teska­ri ishora bilan olingan potentsial energiyaning o’zgarishiga teng bo’ladi:
(6)
Bu tenglik elektr maydonining bajar­gan ishi va nuqtaviy zaryadning poten­tsi­al energiyalari farqi orasi­dagi bog’lanishni ifodalaydi. (2) ifodaga asosan ko’rinishda yozish mumkin. (2) va (6) ifodalardan quydagiga ega bo’lamiz:
(7)
Demak, bir jinsli elektr may­do­niga kiritilgan nuqtaviy zaryad potentsial energiyasining o’zgari­shi zaryad miqdo­ri­ga, maydon kuch­langanligiga va qara­layotgan nuq­ta­lar orasidagi masofaga bog’liq bo’ladi.
Maydon musbat ish bajarsa, maydondagi zaryadli jismning po­tentsial energiyasi kamayadi ( ). Aksincha, maydon man­fiy ish bajarsa, may­don­dagi zaryadli jismning po­ten­tsial energiyasi oshadi ( ).
Agar zaryadni elektrostatik maydon­dan cheksiz uzoqlashtirsak, maydon kuch­lan­ganligi nolga intiladi va may­don bilan zaryad orasidagi o’zaro ta’­sir kuchi yo’qoladi. Natijada zaryad­ning potentsial energiyasi nolga teng bo’ladi. Demak, cheksiz uzoqlikda yotgan zaryadning potentsial ener­giya­sini no­lin­chi sath deb tanlash mumkin.
Elektrostatik maydonni vakuumda q nuqtaviy zaryad hosil qilib turgan bo’lsa, undan r masofa uzoqlikdagi nuqtaga ki­ri­tilgan q1 zaryadning potentsial energiyasi
(8)
ga teng bo’lib, bu formula nuqtaviy zaryadlarning o’zaro ta’sir potentsial energiyasini ifodalaydi. Agar zaryad elektrostatik maydonni biror dielek­trik ichida hosil qilib turgan bo’lsa, unga kiritilgan q1 zaryadning potentsi­al energiyasi e marta kamayadi, ya’ni
. (9)
Bu formulalardan bir xil ishoraga ega bo’lgan o’zaro ta’sirlashuvchi zaryadlarning o’zaro ta’sir potentsial energiyasi doim musbat va har xil ishorali zaryadlarning o’zaro ta’sir potentsial energiyasi manfiy ekanligi ko’rinadi. SHuningdek q1 zaryadni q zaryaddan cheksiz katta masofaga uzoqlashtirsak, ularning o’zaro ta’sir potentsial energiyasi ham nolgacha kamayishligi kelib chiqadi.
(6) va (9) ifodalarga ko’ra q1 zaryadni maydon hosil qiluvchi q zaryaddan r1 masofa uzoqlikda yotgan nuqtadan r2 masofa uzoqlikda yotgan nuqtaga ko’chirishda elektr kuchlari
(10)
ga teng bo’lgan ishni bajaradi.

Download 8,06 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   197




Download 8,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr maydonidagi nuqtaviy zaryadning potentsial energiyasi. Ish va potentsiallar farqi orasidagi o’zaro bog’lanish

Download 8,06 Mb.