Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
Fizikadan maruza matni
Dars boshida kondensatorlarning turlari va ulardan foydalanish to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi. Kondensatorning zaryadlanish va razryadlanish jarayoni haqida qisqacha nazariy ma’lumot olgach, tajriba qurilamasi yig‘iladi, so‘ngra belgilangan tartibda tajriba bajariladi. Tajriba natijalari jadval va grafik asosida xulosa qilinib daftarga ko‘chiriladi. Ishning nazariy asosi: Kondensator ikkita bir xil o‘tkazgichdan iborat bo‘lib, bu o‘tkazgichlar orasiga qalinligi ularning o‘lchamlaridan juda kichik bo‘lgan dielektrik qatlam qo‘yiladi. Kondensatorni hosil qiluvchi o‘tkazgichlarni uning qoplamalari deb ataladi. Kondensatorning sig‘imi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: (1) Sig‘imi C1, C2, C3 ….Cn bo‘lgan kondensatorlar ketma-ket ulanganda ularning elektr sig‘imi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: (2) Sig‘imi C1, C2, C3 ….Cn bo‘lgan kondensatorlar parallel ulanganda ularning elektr sig‘imi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: (3) Kondensatorni zaryadsizlantirish jarayoni orqali uning sig‘imini aniqlash usuli mavjud. Bu usul 1-chizmada berilgan elektr zanjiri asosida amalga oshiriladi. Avvalo, kondensator tok manbayidan zaryadlanadi, so‘ngra qarshilik orqali uning razryadlanish jarayoni kuzatiladi. Kondensatorning elektr sig‘imini aniqlashning bu usuli kondensator zaryadsizlanganda bergan zaryadni o‘lchashga asoslangan. Zaryadni aniqlash uchun razryad tokining vaqtga qanday bog‘liqligini bilish zarur. Bu ishda ana shu bog‘lanish tekshiriladi va olingan ma’lumotlar asosida I=I(t) grafik chiziladi (2-chizma). Grafik va koordinata o‘qlari bilan chegaralangan sohaning yuzasi son jihatdan kondensator bergan zaryadga teng bo‘ladi. Zaryadni hisoblab topish uchun grafikdagi chegaralangan sohaning to‘liq yuzasini hisoblash zarur. Zaryadni aniqlab olgach va kondensator qoplamalaridagi zaryadlanish boshlanishidan oldingi potensiallar ayirmasini vol’tmetr bilan o‘lchab olib, quyidagi formula orqali kondensatorning sig‘imi (1) ifoda yordamida hisoblanadi. Download 8,06 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|