Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




Download 8,06 Mb.
bet71/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

Kondensator. Kondensatorning elektr sig’imi Ikkita o’tkazgichdan iborat bo’lgan tizimning elektr sig’imi bitta o’tkazgichning sig’imidan juda katta bo’ladi. Bir-biridan dielektrik bilan ajratilgan ikkita o’tkazgichdan iborat bo’lgan har qanday tizimni kondensator deb ataladi. Kondensa­tor­ning yakkalangan o’tkazgichlardan aso­siy farqi shundaki, uning o’lcham­lari juda kichik bo’lsa ham, sig’imi juda katta bo’ladi. Kondensatorni hosil qilgan o’tkazgichlar kondensa­tor­ning qoplamlari deyiladi. Qopla­ma­sining shaСiga qarab, kondensa­tor­lar yassi, sferik va tsilindrik kabi kondensatorlarga bo’linadi. Qoplama­lari ikkita parallel yassi tekislik­dan iborat bo’lgan kondensatorga yassi kondensator deyiladi (1-rasm). YAssi kondensatorning elektr sig’imi kon­den­sator qoplamalaridan biridagi zaryad miqdorining qoplamalar orasi­dagi potentsiallar ayirmasi nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:

1-rasm

(5)


Ikki parallel tekisliСar orasi­dagi elektr maydon kuchlanganligi va potentsiallar farqi orasidagi munosabatni, shu­ning­dek sirt bo’ylab tekis taqsim­langan zaryad miqdori ifoda yordamida aniqlanishligini e’tiborga olib, (5) ifodani quyidagicha yozamiz: . (6)


Dielektrik singdiruvchanligi  ga teng bo’lgan muhit bilan to’ldirilgan va zaryadlangan ikki parallel tekis­lik orasidagi elektr maydon kuchlan­gan­ligi ga teng ekanligini inobatga olib (6) ifodani quyidagi ko’rinishda yozamiz: (7)
YAssi kondensatorning elektr sig’imi qoplamalar orasidagi muhitning die­lektrik singdiruvchanligi bilan bitta qoplama yuzasining ko’paytmasiga to’g’ri, qoplamalar orasidagi masofaga teskari proportsional.
Qoplamlari har xil radiusli ikkita sferik sirtdan iborat bo’lgan kondensator sferik kondensator deyiladi (2-rasm). Sferalar orasi­da­gi elektr maydonini radiusli sfe­ra­ning zaryadi hosil qiladi. Sferik sirtlarning potentsiallari mos ravishda va ekanigini inobatga olib (5) ifodaga asosan quyidagiga ega bo’lamiz:
. (8)

2-rasm

Agar sferik kondensator qopla­malari orasidagi muhit dielektrik bilan to’ldirilgan bo’lsa, u holda uning elektr sig’imi quyidagicha hisoblanadi:


. (9)

Download 8,06 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   197




Download 8,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

Download 8,06 Mb.