O’tkazgichlarni ulashning eng sodda va ko’p uchraydigan turlari ketma-ket va parallel




Download 8,06 Mb.
bet79/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

3. O’tkazgichlarni ulashning eng sodda va ko’p uchraydigan turlari ketma-ket va parallel ulashdir.O’tkazgichlar ketma-ket ulanganda birining oхiri ikkinchisining boshi­ga, ikkinchisining oхiri uchinchisi­ning boshiga kabi tartibda ulanadi (1-rasm).

1-rasm


Z
anjirning AS qismlariga kuchlanish (potentsiallar farqi) berilsa, zan­jir orqali tok o’ta boshlaydi. O’tkazgichlar ketma-ket ulanganda R1 va R2 qarshi­liklar orqali bir хil miqdorda tok oqib o’tadi, ya’ni : (1)
chunki o’tkazgichlardan tok o’tayotganda elektr zaryadi to’planib qolmasdan o’tkazgichlarning har qanday qismi orqali ma’lum bir vaqt ichida ayni bir miqdordagi elektr zaryadi oqib o’tadi.
R1 va R2 qarshiliklardagi kuchla­nishning tushishi zanjirning bir qismi uchun Om qonuniga ko’ra: va (2)
ga teng bo’ladi. Bu ifodalarni hadma-had bo’lsak : (3)
ga ega bo’lamiz. Ketma-ket ulangan o’tkazgichlar uchlaridagi kuchlanish tushi­­shi ularning qarshiliklariga to’g’ri proportsional bo’ladi.
Zanjirga ketma-ket ulangan o’tkaz­gichlarning umumiy elektr qarshi­ligini hi­soblash ifodasini keltirib chiqaraylik. 1-rasmda tasvirlangan zan­jirning AS qismidagi kuchlanish­ning tushishi uning AV va VS qismlaridagi kuchlanishlar tushishi­ning algebraik yig’indisiga teng, ya’ni: (4)
(2) ifodaga ko’ra (4) ifodani quyidagicha yozamiz: (5)
Agar zanjirga ulangan barcha o’tkaz­gichlarning umumiy qarshili­gi­ni R bilan belgilasak, u holda zanjirning AS qismidagi kuchla­nish­ning tushishi quyidagiga teng bo’ladi:
(6)
(5) va (6) ifodalar asosida quyidagiga
(7)
ega bo’lamiz. Demak, ketma-ket ulangan o’tkazgichlardan tuzilgan zanjir­ning umumiy elektr qarshiligi alohida o’tkazgichlar qarshiliklarining alge­braik yig’indi­siga teng bo’lar ekan. Qarshiliklari R1 va R2 bo’lgan o’tkazgichlar 2-rasmda tasvirlan­gan­dek ulansin. O’tkazgichlarning bunday ulanishini parallel ulash deyiladi. A tugunga kirib kela­yotgan I tok kuchi ikki qismga tarmoqlanadi, ya’ni R1 o’tkazgich orqali I1tok kuchi va R2 o’tkazgich orqali I2 tok kuchi oqib o’tadi.

2-rasm
T
ajribalardan ma’lumki tugunga kiruvchi tok, undan chiqayotgan toklar­ning algebraik yig’indisiga tengdir:
I = I1 + I2 (8)
Tarmoqlangan zanjirning har bir tarmog’idagi kuchlanishning tushishi miqdor jihatdan o’zaro teng, ya’ni:
yoki (9)
bu ifodalardan
(10)
ekanligini kelib chiqadi.
Umumiy zanjir uchun va zanjirning bir qismi uchun Om qonunini va (10) tenglikni e’tiborga olgan holda quyidagi ifodalarni yozamiz:
, , (11)
(8) va (11) munosabatlarga ko’ra quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
yoki (12)
(12) ifodadan quyidagi хulosa kelib chiqadi. Parallel ulangan o’tkazgichlar zanjirining umumiy qarshiligining teskari qiymati ulangan o’tkazgichlar qarshiliklari teskari qiymatining yig’indisiga teng bo’ladi. O’tkazgichlar parallel ulanganda zanjirning umu­miy elektr qarshiligi kamayib, zanjir orqali ko’proq tok oqib o’tadi.

Download 8,06 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   197




Download 8,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’tkazgichlarni ulashning eng sodda va ko’p uchraydigan turlari ketma-ket va parallel

Download 8,06 Mb.