|
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
|
bet | 77/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniQurilmaning tuzilishi va ishlashi
O‘tkazgichlarning solishtirma qarshiligini aniqlash qurilmasining elektr z anjiri 1-chizmada berilgan.
O‘tkazgichlarning solishtirma qarshiligini aniqlash qurilmasi laboratoriya universal ta’minlash manbayi, ampermetr, voltmetr, reostat, uzunligi 1m bo‘lgan turli diametrli mis va nixrom simlar to‘plamidan iborat. 1-chizma asosida yig‘ilgan qurilmaning umumiy ko‘rinishi 1-rasmda keltirilgan.
Laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchiga kuchlanish beruvchi murvatini 4 V holatga qo‘ying. Laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchiga kuchlanish beruvchi musbat klemmasi ampermetrning musbat klemmasiga ulanadi. O‘rganilayotgan o‘tkazgich (masalan, diametri 1mm bo‘lgan nixrom sim)ning bir uchi ampermetrning manfiy klemmasiga ikkinchi uchi esa reostat orqali kalitning bir qutbiga ulanadi. Kalitning ikkinchi qutbi tok manbayining manfiy klemmasiga ulanadi. O‘tkazgichning uchlariga qutblarini moslab voltmetr ulanadi. Qurilma yig‘ib bo‘lingach kalitni ochiq holda qoldiring. Shuningdek, reostatning jilgichini surib uning qarshiligini eng katta qiymatiga moslab qo‘ying. Laboratoriya universal ta’minlash manbayinibg orqa tomonidagi ta’minlovchi maxsus tarmog‘iga ampermetr va voltmetr ulanadi. Ampermetr va voltmetrlar o‘zgarmas tok qiymatini o‘lchash uchun uning vaziyatli kaliti 1 holatiga keltiriladi.
Laboratoriya universal ta’minlash manbayini tok tarmog‘iga ulang, so‘ngra ampermetr va voltmetrning ishlashi tekshirib ko‘riladi.
1-rasm
Ishni bajarish tartibi:
1-chizma asosida zanjir qurilmasi yig‘iladi. Kalit ochiq holda qoldiriladi.
Laboratoriya universal ta’minlash manbayi tok tarmog‘iga ulanadi, so‘ngra ampermetr va voltmetrning ishlashi tekshirib ko‘riladi.
Kalit ulanadi.
Reostatning jilgichini surib, o‘rganilayotgan o‘tkazgichga 1 V gacha bo‘lgan kuchlanish beriladi.
Ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishi qayd etiladi.
Reostatning jilgichini surib, o‘rganilayotgan o‘tkazgichga 1,5 V gacha bo‘lgan kuchlanish beriladi.
Ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishi qayd etiladi.
Reostatning jilgichini surib, o‘rganilayotgan o‘tkazgichga 2 V gacha bo‘lgan kuchlanish beriladi.
Ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishi qayd etiladi.
Olingan natijalar asosida o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi hisoblanadi.
Boshqa diametrli o‘tkazgichlar uchun ham tajriba yuqoridagi tartibda takrorlanadi.
O‘lchash va hisoblash natijalari asosida quyidagi jadval to‘ldiriladi.
№
|
d
|
l
|
I
|
U
|
|
|
Δ
|
|
|
1- o‘lchash
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2- o‘lchash
|
|
|
|
|
|
|
|
3-o‘lchash
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |