|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 75/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matni1-chizma
2-chizma
Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
Kondensatorning zaryadsizlanishini tekshirish va uning sig‘imini aniqlash qurilmasi 1-chizma asosida yig‘ilgan. 1-rasmda qurilmaning umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Qurilma laboratoriya universal ta’minlash manbayi, elektrolitik kondensator, mikroampermetr, voltmetr, rezistor, lahza o‘lchagich, kalit va ulash simlaridan iborat. Laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchilarga o‘zgarmas kuchlanish beruvchi klemmalariga voltmetrning mos qutblari, ya’ni voltmetrning manfiy qutbi kondensatorning manfiy qutbiga, voltmetrning musbat qutbi kalit orqali kondensatorning musbat qutbiga ulanadi. Kondensatorning zaryadsizlanish jarayonini tekshirish uchun, mikroampermetr qarshilik orqali kondensatorga parallel ulanadi. Laboratoriya universal ta’minlash manbayining iste’molchilarga kuchlanish beruvchi murvatini 4V holatga qo‘yiladi. Mikroampermetr, lahza o‘lchagich, voltmetr asboblarini laboratoriya universal ta’minlash manbayining orqa tomonidagi maхsus uyachalarga ulash bilan ularni ishga tayyorlab olinadi.
1-rasm
Ishni bajarish tartibi:
1-chizma asosida zanjir yig‘iladi.
Kalit ulanadi. Bunda kondensator kuchlanish manbayining potensiallar ayirmasigacha zaryadlanadi (kondensator deyarli bir daqiqaning o‘zida zaryadlanib bo‘ladi, chunki ulash simlarining qarshiligi juda ham kichik). Mikroampermetr rezistordan o‘tib turgan tokni ko‘rsatadi. Mikroampermetr va volmetrning ko‘rsatishlari yozib olinadi.
Kalit uzilib va shu bilan bir vaqtda lahza o‘lchagich ishga tushiriladi. Bunda kuchlanish manbayi zanjirdan ajratiladi, lekin kondensatorning zaryadsizlanishi hisobiga zanjirdan tok o‘tishi davom etib turadi. Har 10 s dan keyin zanjirdagi tok kuchi belgilab yozib boriladi.
Kondensator to‘la zaryadsizlanib bo‘lganidan keyin tajriba qayta takrorlanadi.
Tok kuchlarining o‘rtacha qiymatlari hisoblanadi.
Olingan natijalar asosida kondensator zaryadsizlangandagi tok kuchining vaqtga bog‘liqlik grafigi chiziladi. Bunda abssissa o‘qi bo‘ylab vaqt (s) ordinata oqi bo‘ylab esa tok kuchi (mkA) qo‘yiladi. (Mustaqil ravishda tegishli masshtab tanlab olinadi).
Grafikdagi 1sm2 yuza Kulonlarda ifodalangan qancha zaryadga mos kelishi aniqlanadi. Buning uchun abssissa o‘qidagi 1sm ga tog‘ri keladigan vaqtni ordinata o‘qidagi 1sm ga to‘g‘ri keladigan tok kuchiga ko‘paytiriladi.
Grafik va koordinata o‘qlari bilan chegaralangan sohaning yuzasism2 larda sanab chiqiladi. Butun yuzaga mos keladigan zaryad aniqlanadi.
Kuchlanish va zaryadni bilgan holda kondensatorning sig‘imi aniqlanadi.
Ikkita kondensator ketma-ket ulanadi va tajriba takrorlanadi.
Ikkita kondensator parallel ulanadi va tajriba takrorlanadi.
O‘lchash natijalari asosida quyidagi jadval to‘ldiriladi.
Vaqt (s)
|
0
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
60
|
70
|
80
|
90
|
100
|
C
|
Bitta kondensator ulan-
ganda mikroampermetrning ko‘rsatishi(mkA)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ikkita kondensator parallel ulanganda mikroamper-
metrning ko‘rsatishi(mkA)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ikkita kondensator ketma –ket ulanganda mikroamper-
metrning ko‘rsatishi(mkA)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |