Vаkuumdа ikki nuqtаviy elеktr zаryadlаrning o’zаrо tа’sir kuchi zаryad miqdоrlаrining ko’pаytmаsigа tug’ri prоpоrtsiоnаl vа




Download 8,06 Mb.
bet64/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

Vаkuumdа ikki nuqtаviy elеktr zаryadlаrning o’zаrо tа’sir kuchi zаryad miqdоrlаrining ko’pаytmаsigа tug’ri prоpоrtsiоnаl vа zаryadlаr оrаsidаgi mаsоfаning kvаdrаtigа tеskаri prоpоr-tsiоnаl bo’lаdi, ya’ni:
(3)
Bu еrdа g - zаryadlаr оrаsidаgi mаsоfа, - elеktr dоimiysi, uning sоn qiymаti
2. Elektr zaryadlari bir-biriga bevosita ta’sir qilmaydi. Ular­ning har biri o’zining atrofida elektr maydoni deb ataluvchi kuch maydonini hosil qiladi. Birinchi zaryadning maydoni ikkinchisiga ta’­sir qiladi, ikkinchisining may­do­ni esa birinchi­si­ga ta’sir qila­di. Zaryaddan uzoqlash­gan sari may­don zaiflasha boradi.
Qo’zg’almas zaryadlar hosil qil­gan elektr maydoni elektro­sta­tik may­don deyiladi. U quyidagi xossa­lar­ga ega. Birinchidan maydon mod­diy­­­dir. U bizga va bizning uni mavjud bo’lishligi to’g’risidagi ta­sav­vurimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir. Ikkinchidan maydonning shunday xos­sa­lari borki, bu xos­salar uni tabi­atdagi hodisalardan tubdan farqlan­tirib turadi.
Elek­tr maydoniga kiritilgan si­nash zaryadiga maydon tomonidan ta’­sir etuvchi kuch sinash zaryadi­ning moduliga to’g’ri mutanosib bo’lib, elektr maydo­ni­ning qaysi nuqtasiga kiritilgan­ligiga ham bog’liq bo’ladi. YA’ni,
F  qcE (1)
bu erda E - proportsionallik koef­fitsienti bo’lib, elektr maydoni­ning sinash zaryadi kiritilgan nuq­ta­sining kuchlanganligi deyiladi va u sinash zaryadiga bog’liq bo’lmasdan faqat elektr maydonini ifodalay­di. (1) dagi qc skalyar kattalik, F esa vektor kattalik bo’lganligi uchun E ham vek­tor kattalikdir. SHuning uchun (1) ni
(2)
ko’rinishda yozish mumkin. vekto­ri­ning yo’nalishi musbat zaryadga ta’­sir etuvchi kuch yo’nalishi bilan bir xil, manfiy zaryadga ta’sir etuvchi kuchga qarama-qarshidir.

(2) ifodadan quyi­dagiga ega bo’lamiz: (3)


qc1 zaryad birligi (1 С) bo’l­sa, (3) dan kelib chiqadi. Elektr may­do­nining biror nuq­ta­siga kiri­til­gan bir birlik musbat zar­yadga maydon tomoni­dan ta’sir etuvchi kuchga son jihatidan teng bo’lgan fizik kattalikka, elektr maydo­ni­­ning shu nuqtadagi kuch­lan­ganli­gi deyiladi. Kuchlangan­lik elektr may­do­nini kuch tomoni­dan tavsif­lov­chi vektor kattalik­dir. (3) for­mulaga asosan, maydon kuchlan­gan­li­gining birligi XBS da N/С da ifodalanadi.

Download 8,06 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   197




Download 8,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vаkuumdа ikki nuqtаviy elеktr zаryadlаrning o’zаrо tа’sir kuchi zаryad miqdоrlаrining ko’pаytmаsigа tug’ri prоpоrtsiоnаl vа

Download 8,06 Mb.