|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 56/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniAdiabatik jarayon. Adiabatik jarayon deb, shunday jarayonga aytiladiki, bunda sistema issiqlik ko'rinishida energiya olmaydi ham, energiya bermaydi ham. Boshqacha qilib aytganda, adiabatik jarayonda Q = 0.
Sunday jarayonni amalga oshirish uchun gazni adiabatik idishga, ya'ni o'zi orqali issiqlik oqimi o'tkazmaydigan idishga kiritish lozim. Termodinamikaning birinchi qonuniga ko'ra adibatik jarayonda:
Adiabatik silindrga kiritilgan gaz kengayadi, deb faraz qilaylik. Bunda gaz sistemaning ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi. Binobarin,bu holda gazningtemperaturasi pasayadi. Buni molekular-kinetik nazariya nuqtayi nazaridan tushuntirish oson.
Porshen idish devorlariga nisbatan yuqoriga v tezlik bilan harakatlanadi, deylik. Porshen ortidan devorlarga nisbatan сtezlik bilan k molekula harakatlanadi (c > v). Porshenga nisbatan bu molekulaning tezligi c — v. Molekula porshenni „quvib yetib", elastik urilish ro'y bergandan keyin uning tezligi с — v bo'ladi (vaholanki, bunda molekula pastga harakatlana boshlaydi va uning idish devorlariga nisbatan tezligi с— 2v bo'ladi). Shunday qilib, porshen bilan to'qnashgan hamma molekulalarning tezligi kamayadi. Bu esa molekulalar harakati o'rtacha kvadratik tezligining kamayishiga, binobarin, temperaturaning pasayishiga olib keladi.
a rasmda gazning izotermik va adiabatik jarayonlarda kengayish grafigi keltirilgan. Adiabata izotermadan pastroqda o'tadi. Bu adiabatik jarayonda gaz bosimining uning kengayishi va sovishi hisobiga pasayishi bilan tushuntiriladi. Binobarin, adiabatik kengayishda gaz izotermik kengayishidagiga qaraganda kamroq ish bajaradi. Shu ishni hisoblab chiqamiz. Adiabatik jarayonda Q = 0. Binobarin, AQ = ∆U, ichki energiya o'zgarishi esa ∆U = (T1- T2 ). Shuning uchun
Gazniadiabatiksiqqanimizdabosimizotermiksiqqandagigaqaragandatezortadi, bosimningbundaytezortishifaqatsiqishbilanemas, balkigazningqizishibilanhambog'liq. Demak, adiabatiksiqishdatashqikuchlarbajarganishizotermiksiqishdagigaqaragandakattaroqbo'ladi.
|
| |