• Odam organizmi to`qimalarining issiqlik o`tkazuvchanligi.
  • Termodinamikaning birinchi qonuni.
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet54/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    Issiqlik almashinuvi. Mexanik ish bajarmasdan jismlar bilan atrofdagi muhit orasida ichki energiyaning almashinishiga issiqlik almashinuvi deyiladi. Issiqlik almashishi jismlar bir-biriga tegib turganda va bir-biridan ma'lum uzoqlikda bo`lganda ham sodir bo`lib, bunda jismning ichki energiyasi o`zgaradi. Issiqlik almashishi jismlar orasida temperatura farqi bo`lgandagina amalga oshadi.
    Issiqlik almashish jarayonida ichki energiyaning o`zgarishiga berilgan yoki olingan issiqlik miqdori deyilib, Q harfi bilan belgilanadi. Birligi J (Joul).
    Issiqlik almashinish hodisasi issiqlik o`tkazuvchanlik, nurlanish va konveksiya yo`li bilan amalga oshiriladi.
    Agar jismning ichki energiyasi ortsa u isiydi, aksincha, kamaysa soviydi.
    Odam organizmi to`qimalarining issiqlik o`tkazuvchanligi. Odam organizmi turli xildagi to`qimalarini issiqlik o`tkazuvchanligi bir xilda bo`lmaydi.
    Suyuqlik va qon plazmasi to`qimalarining issiqlik o`tkazuvchanligi suvnikiga yaqin. Birlashtiruvchi va yog` to`qimalarining issiqlik o`tkazuvchanligi havonikidan kam farq qiladi. Havoning issiqlik o`tkazuvchanligiga nisbatan muskullarda 28 marta, suyaklarda 4,5 marta katta.
    Suyuqlik va qon to`qimalarining yuqori issiqlik o`tkazuvchanligi tufayli kishi tanasining barcha ichki organlarida temperatura bir xilda va doimiy saqlanadi.
    Teri va teri osti hujayralarining past issiqlik o`tkazuvchanligi natijasda issiqlik izolyator qavat bo`lib, organizmni sovuqqotib ketishdan saqlaydi.
    Sistema ichki energiyasining o'zgarishi ikki xil: 1) mexanik ish bajarish; 2) issiqlik miqdori uzatish usullari bilan amalga oshirilishi mumkinligi xaqida bayon qilingan edi. Endi bu kattaliklar orasidagi munosabatni topishga xarakat qilamiz.
    Termodinamikaning birinchi qonuni. Buning uchun qizdirilayotgan choynak misolini ko'raylik. CHoynak olayotgan issiqlik miqdori Q ichidagi suvning qizishiga, ya'ni suvning ichki energiyasi ortishiga U va suv bug'lari choynak qopqog'ini ko'targanda tashqi kuchlarga qarshi bajariladigan A ishga sarflanadi. Bu jarayon uchun energiyaning saqlanish va aylanish qonuni
    Q= ∆U + Ako'rinishiga ega bo'ladi.
    Bu ifoda termodinamikaning birinchi qonunining matematik ko'rinishidir.
    Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.
    Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo'lsa, Q musbat, agar jismdan issiklik mikdori olinaetgan bulsa, Q manfiy ishora bilan olinadi. SHuningdek agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa, A ish musbat, tashqi kuchlar jism ustida ish bajarayotgan bo'lsa, A ish manfiy bo'ladi.
    Termodinamikaning birinchi qonuni birinchi tur abadiy dvigatel (lotincha «perpetuum mobile») yasash mumkin emasligini ko'rsatadi. Birinchi tur perpetuum mobilega asosan teng miqdorda energiya sarflamasdan ish bajara oladigan mashina kurit haqida fikr yuritiladi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni bo'lgan termodinamikaning birinchi qonunida esa tabiatda ro'y beradigan barcha jarayonlarda energiya o'z-o'zidan paydo ham bo'lmaydi, yo'qolmaydi ham, faqat bir ko'rinishdan boshqasiga aylanishi mumkin, deb qayd etiladi.
    Endi termodinamika birinchi qonunining ba'zi jarayonlarga tatbiqini ko'raylik.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.