• I zobarik jarayon.
  • Izotermik jarayon.
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet55/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    Izoxorik jarayon. Silindrda qo'zg'almas porshen ostiga ideal gaz qamalgan deylik. Silindrni qizdiramiz va gazgabiror Qv issiqlik miqdori beramiz. Hajm o'zgarmas bo'lganda qizdirish jarayoni izoxorik jarayon deyiladi. Porshen qo'zg'almas qilib mahkamlab qo'yilgani uchun gaz tashqi kuchlar ustida ish bajara olmaydi. Shuning uchun birinchi qonunga ko'ra, gazga berilgan hamma energiya (issiqlik shaklida) ichki energiyaga aylanadi va gazning temperaturasi ko'tariladi: Qv = ∆U(V indeks issiqlik miqdori o'zgarmas hajmda turgan gazga berilganini bildiradi).
    Shunday qilib, izoxorik jarayonda sistemaga berilgan issiqlik miqdorining hammasi sistema ichki energiyasining ortishiga ketadi.
    I zobarik jarayon. Bosim o'zgarmas bo'lganda gazning bir holatdan boshqa holatga o'tish jarayoni izobarik jarayon de­yiladi. Izobarik jarayonni amalga oshirish uchun porshenli silindrga gaz qamaymiz. Porshen silindr ichida erkin harakatlana oladi.
    Gaz qizdirilganda unga issiqlik ko'rinishida Qpenergiya uzatiladi. Termodi-
    namikaning birinchi qonuniga ko'ra, bu energiya qisman sistemaning ichki energiyasiga o'tadi, qisman esa porshenni ∆h balandlikka ko'tarishga sarflanadi:

    Shunday qilib, izobarik jarayonda gazga beriladigan issiqlik miqdorining bir qismi gaz ichki energiyasining ortishiga, bir qismi gazning ish bajarishiga ketadi.
    Izobarik jarayonda gaz bajaradigan ishni topamiz. Gazning bosimi o'zgar-mas bo'lgani tufayli, porshenga bosim kuchi ham o'zgarmas bo'ladi:
    F = pS. Binobarin, Ap= p • S∆h. Formuladagi S∆h ko'paytma gaz hajmining o'z-garishiga teng. Shuning uchun

    Jarayongrafigidabuishizobaravaizoxoraningboshlang'ichvaoxirginuq-talaridanhosilbo'lganto'g'rito'rtburchakningyuzibilantasvirlanadi.
    Izotermik jarayon. Temperatura o'zgarmas bo'lganda gazning bir ho-latdan boshqa holatga o'tish jarayoni izotermik jarayon deyiladi. Izotermik jarayonni amalga oshirish uchun, yengil harakatlanuvchi porshenli silindrda turgan gazni termostatga joylashtiramiz. Termostat shunday qurilmaki, unda tashqi energiya hisobiga temperatura o'zgarmas saqlanadi.
    Gazni asta-sekin siqamiz. Bunda biz — ATish bajaramiz. Termodinamikaning birinchi qonuniga ko'ra bu ish termostatga gaz beradigan issiqlik miqdoriga teng bo'ladi:

    Agar gaz bu sharoitda kengaysa, u+ATish bajaradi, temperaturasi pasaymasligi uchun u termostatdan bajarilgan ishga teng bo'lgan — Q issiqlik miqdori oladi.

    Shunday qilib, izotermik jarayonda gazga berilayotgan issiqlik miqdori butunlay gazning kengayish ishiga aylanadi.


    Izotermik kengayishda gaz bajargan ish pV diagrammada izoterma bilan chegaralangan shtrixlangan shaklning yuzi bilan tasvirlanadi.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.