|
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR
|
bet | 57/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniMAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR:
Termodinamika nima?
Ichki energiya nima?
Termodinamikaning I-qonuni qanday ifodalanadi?
Qanday jarayonga adiabatik jarayon deyiladi?
Qaytar jarayon nima?
Qaytmas jarayon nima?
Izojarayonlarni ayting.
Izoxorik jarayon uchun termodinamikaning I-qonuni qanday ifodalanadi?
Izobarik jarayon uchun termodinamikaning I-qonuni qanday ifodalanadi?
Izotermik jarayonda termodinamikaning I-qonuni qanday ifodalanadi?
MAVZU: Termodinamikaning II-qonuni va uning talqini.
Mavzuga doir masalalar ishlash.
REJA: 1. Termodinamikaning II-Qonuni.
2. Ikkinchi tur “perpetuum mobile” .
3.Mavzuga doir masalalar ishlash.
TAYANCH IBORALAR:Termodinamikaning II-qonuni; ikkinchi tur” perpetuum mobile”;
Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish qonunini ifodalasa-da, termodinamik jarayonning ro'y be-rish yo'nalishini ko'rsata olmaydi. Misol uchun birinchi qonun, issiqlik miqdorining issiq jismdan sovuq jismga o'tish imkoniyati qanday bo'lsa, sovuq jismdan issiq jismga o'tish imkoniyati ham shunday deb ko'rsatadi. Aslida esa tabiatda qandayjarayonlar ro'y berishi mumkin degan savol tug'iladi? Bunga termodinamikaning ikkinchi qonuni javob beradi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Bu qonunning bir nechta shakllari mavjud bo'lib, ularning eng soddasi Klauzius ta'rifmi keltiramiz.
Issiqlik miqdori o'z-o'zidan past temperaturali jismdan yuqori temperaturali jismga o'tmaydi.
Amalda cheksiz katta bo'lgan okean suvlaridagi issiqlik miqdori o'z-o'zidan temperarurasi suvnikidan pastroq bolgan jismgagina o'tishi mumkin. Issiqlik miqdorini temperarurasi past jismdan temperaturasi yuqori jismga o'tkazish uchun qo'shimcha ish bajarish kerak. Shu bilan birga, issiqlik miqdori ishga to'la aylanmay, uning bir qismi atrof-muhitni qizdirishga sarflanadi. Shu nuqtayi nazardan ikkinchi qonunning quyidagi Plank ta'rifi ham e'tiborga molik: tabiatda issiqlik miqdori to'Ialigicha ishga aylanadigan jarayon boiishi mumkin emas.
Issiqlik ishga aylanishi uchun isitkich va sovitgich bo'lishi darkor. Barcha issiqlik mashinalarida isitkichdan sovitgichga beriladigan energiyaning bir qismigina foydali ishga aylanadi. Unda issiqlik mashinalarining unumdorligi qanday kattaliklaiga bog'liq va uni oshirish uchun nima qilmoq kerak degan savol tug'iladi. Bu savolga ikkinchi qonunning Karno ta'rifi javob beradi: ideal issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti issiqlik beruvchi va issiqlik oluvchilarning temperaturalari bilangina aniqlanadi.
Termodinamika qonunlari amalda qanday mashinalar yasash mum-kinligi va ularning unumdorligini orttirish uchun nimalarga e'tibor berish zarurligi haqida yo'llanma beradi.
|
| |